To‘pni olib yurish To‘pni olib yurish shakli asosida raqibni qarshiligida ma’lum belgilangan
masofada to‘pni egallab turishni ta’minlash muhimdir. Bunda to‘pni egallab turgan
o‘yinchi, to‘pni zich olib yurib tanasi bilan berkitgan holda himoya qilishi va
aldamchi harakatlar orqali tezda yo‘nalishini o‘zgartirib to‘pni egallashini
ta’minlashi lozim. Turli yo‘nalishlardagi yugurishlardan foydalangan holda to‘pni
zich holatda ikki oyoqda kaftning ichki va tashqi qismlarida olib yurish. To‘pni
himoya qilish uchun to‘pni bosib turishda foydalaniladigan oyoq kaftini tagi bilan
orqaga tortish, raqib yaqinlashganda o‘girilgan holda himoya qilish kerak.
To‘pni olib yurish shiddati To‘pni olib yurish shiddati hujum uyushtirishdagi vosita hisoblanib, samarali
foydalanish orqali raqib o‘yinchilarini oldinga o‘tishlari bilan erkin
harakatlanishga imkon tug‘diradi. To‘pni yuqori tezlikda raqib darvozasi tomon
bo‘sh joylarni qo‘lga kiritgan holda olib yurishadi. To‘pni nazoratga olib borishdan
tashqari bor bo‘lgan maydondagi bo‘sh joylarning bog‘liq holda to‘pni oldinroqqa
oshirib berish mumkin.
Qarshilikni yengib o‘tish orqali to‘pni olib yurish To‘pni olib yurish ko‘pgina aldamchi harakatlar singari 1x1 vaziyatli o‘yin
olib borishdagi asosiy vosita hisoblanadi. Dastlabki maqsad raqib o‘yinchilarini
engib chiqishdan iborat. Bunining uchun barcha to‘pni olib yurish hamda aldamchi
harakatlardan imkon qadar foydalaniladi. To‘pni olib yurishda chaqqonlik, hujum
uyushtirishda tezlik hamda maqsadga intiruvchanlik kerak bo‘ladi. Kutilmaganda
joydan yoki engil yugurish, yugurish tezligini va yo‘nalishini o‘zgartirib bajarilgan
hujumlar hamda ko‘p bora takrorlangan hujumlarni tezda yakunlargan harakatlarda