Futbol o‘yinida to‘pni boshqarish texnikasini o‘rgatish to‘pni olib



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix29.03.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#91162
  1   2   3
\'201 î÷èқ



 
 


5-mavzu: Futbol o‘yinida to‘pni boshqarish texnikasini o‘rgatish. (to‘pni olib 
yurish) (10 soat) 
 
Reja
1. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar.
2. Futbol o‘yinida to‘pni boshqarish texnikasiga oid maxsus mashqlar.
3. Futbol o‘yinida to‘pni boshqarish texnikasi bo‘yicha to‘pni olib yurishga 
oid maxsus mashqlar. 
O‘quv mashg’ulotining maqsadi: Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, futbol 
o‘yinida to‘pni boshqarish texnikasiga oid maxsus mashqlar, to‘pni olib yurish 
haqida amaliy ko‘nikma va malakalarga ega qilish. 
O‘quv faoliyati natijalari:
1. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish texnikasi qoidalarini 
o‘rganadi.
2. Futbol o‘yinida to‘pni boshqarish texnikasiga oid maxsus mashqlar haqida 
amaliy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladi.
3. Futbol o‘yinida to‘pni boshqarish texnikasi bo‘yicha to‘pni olib yurish 
haqida amaliy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladi. 
1.1. Saflantirish, davomatni aniqlash, talabalar sport kiyimlarini nazorat qilish. 
1.2. Amaliy mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va o‘quv faoliyati natijalari bilan 
tanishtiradi.
1.3. Mavzu bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxatini berib, ularga qisqacha ta`rif beradi. 
1.4. Talabalar o‘quv faoliyatini baholash mezoni bilan tanishtiriladi. 
 
 


Futbol darslari uchun mashqlar majmuasi 
 
Barcha yoshdagi guruhlar uchun 
 
1 - variant 
1. 
Ikki kolonna bo‘lib erkin yurish.
2. 
Erkin yugurish. Signal (buyruq) bo‘yicha – tez yugurish (15 – 20m). 
3. 
O‘ng (chap) oyoq almashlab o‘tirib yurish, tanani o‘ng (chap) tomon 
harakatga moslab burish.
4. 
Bir oyoq tizzada bukib, ikkinchisida sakrab yugurish.
5. 
Erkin yugurish. Signal bo‘yicha sakrab to‘pni boshda o‘ynayotgan 
holatdagidek gavdani bukib usul bajarish. 
6. 
Erkin yugurish. Signal bo‘yicha bir yoki ikki oyoqda 180
o
burilish, 
vaqti – vaqti bilan 360
o
ga o‘ng, chap tomonga sakrab burlishlarni bajarish.
7. 
Oyoq uchida o‘tirib yurish. 
8. 
Erkin yugurish. Signal bo‘yicha, orqaga harakat qobiliyatini hisobga 
olgan holda, shiddat bilan yugurish. 
9. 
O‘tirgan holatdan (cho‘kkalab) juft oyoqda sakrash («qurbaqacha 
sakrash»). 


10. Ikki kishi bir – biriga ketma – ket turadi, biri qo‘llarini sherigining elkasiga 
qo‘yadi va uni belgilangan joyga surib chiqarishga urinadi, sherigi esa unga 
qarshilik qiladi. 
11. 
«Juftlikda quvlamachoq». Har qaysi juftlik sherigining qo‘lidan 
ushlagan holda qolgan juftliklarni ortda qoldirishi kerak. Variantlar: A – 
shiriklardan biri («chavandoz») ikkinchisining ekasiga o‘tirgan holda yugurish; V 
– («Chavandozlar») sherigini ortida opchilab olgan holda yugurish; S – juftlikdan 
biri qo‘llariga tayanadi, ikkinchisi uning oyoqlaridan tutgan holda oldinga 
harakatlanadi («Aravakash»). 
12. 
Oyoqlarni baland ko‘tarib erkin yugurish.
13. 
Yurish jarayonida (davomida) nafas mashqlari. 
Uslubiy ko‘rsatma: har bir mashq 8 – 10 marta takrorlanadi 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin