Mavzu: O`zbek orfografiyasi va uning boshlang`ich ta’lim dasturi hamda darsliklarda aks etishi, o`rgatishga tavsif



Yüklə 462,5 Kb.
səhifə1/14
tarix19.10.2023
ölçüsü462,5 Kb.
#157560
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini otkazish uslubiyoti (1)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI


5141600 – Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish
ta’lim yo‘nalishi IV“B” kurs talabasi
Mahkamova Naimaxonning

1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazish uslubiyoti” mavzusidagi




BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar – f.f.n. Isaqova Z.
Qo’qon - 2012
REJA:

KIRISH.
1.O`zbek orfografiyasi tarixi


2. Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’lim sohasining mazmuni va tarkibiy qismlari

I BOB:
1. Boshlang`ich ta’lim tizimida orfografiya o`qitishning nazariy asoslari


2.1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazishning psixologik va metodik asoslari

II BOB.
1. Orfografik bilimni shakllantirishdagi lingvistik va psixologik xususiyatlar


2. 1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazishdagi uslubiy ishlar tizimi

III BOB.
1. O‘quvchilarni yozma nutqini va grammatikaga oid bilimlarini o‘stirishga oid mashqlar


2. 1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazishda didaktik o`yinlar

III. UMUMIY XULOSALAR.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.


M U N D A R I J A


KIRISH.
1.O`zbek orfografiyasi tarixi.......................................................................................


2. Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’lim sohasining mazmuni va tarkibiy qismlari....

I BOB:
1. Boshlang`ich ta’lim tizimida orfografiya o`qitishning nazariy asoslari…………..


2.1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazishning psixologik va metodik asoslari….

II BOB.
1. Orfografik bilimni shakllantirishdagi lingvistik va psixologik xususiyatlar…………………………………………………………..........................


2. 1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazishdagi uslubiy ishlar tizimi…………………….

III BOB.
1. O‘quvchilarni yozma nutqini va grammatikaga oid bilimlarini o‘stirishga oid mashqlar……………………………………………………………………………


2. 1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazishda didaktik o`yinlar……………………….


III. UMUMIY XULOSALAR.......................................................................................................


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI..............................................................

TADQIQOTNING UMUMIY TAVSIFI




Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida quyidagi fikrlarni aytib o‘tgan edilar:
«Faqatgina chinakkam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib, obro‘li o‘rin egallashi uchun faollik bilan kurashishi mumkin.
Sir emas, har qaysi davlat, har qaysi millat o‘zining yer osti va yer usti tabiiy boyliklari, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o‘zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir. Bunday boyliklarni ahamiyatini anglash uchun Chor Rossiyasining Turkiston o‘lkasidagi general – gubernatori M.Skobelov: «Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, balki uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi», deb aytgan.
Bunday yovuz qarashlarga qo‘shimcha izoh berishga hojat yo‘q, kerakli xulosa – saboq chiqarishga bugun ham kech emas.
Chunki uzoq yillar davomida biz maktabda o‘rganilgan barcha fanlar qatori ona tilidan ham mutloq dastur va darsliklarga, uni tubdan yangilash, o‘zgartirishlarga qaratilgan fikrlarning qoralab kelinganini yaxshi bilamiz.
Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimzda amalga oshirilgan muhim ijobiy ishlardan biri «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonunlarning qabul qilinishi hamda boshlang‘ich ta’limning ham shaklan, ham mazmunan o‘zgarishi bo‘ldi.
Boshlang‘ich ta’lim 1992–1993 o‘quv yilidan 4 yillik ta’limga o‘tdi. Barcha boshlang‘qich sinflarining darsliklari ishlab chiqildi. 1994–1995 yili ishlab chiqilgan dastur, darslik, metodik qo‘llanmalar, ko‘rgazma qurollar, tarqatma materiallar ishlab chiqildi va 1995–1996 yilda «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek imlo qoidasi» ishlab chiqilib yangi alifboga o‘girildi.
Maktablarda ona tilining o‘qitilishini talab darajasiga chiqarish maqsadiga mazkur fanning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda uning mazmuni va tarkibiy qismlari ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasining IX sessiyasida hayotimizning hal etuvchi muhim masalalaridan ta’lim–tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko‘tarish, barkamol avlodimiz kelajagiga daxldor loyihalar ishlab chiqildi. Mazkur holatlarning barchasi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Yüklə 462,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin