Mavzu: O`zbek orfografiyasi va uning boshlang`ich ta’lim dasturi hamda darsliklarda aks etishi, o`rgatishga tavsif


O‘qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi



Yüklə 462,5 Kb.
səhifə8/14
tarix19.10.2023
ölçüsü462,5 Kb.
#157560
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini otkazish uslubiyoti (1)

O‘qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi. O‘qish ham, yozish ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi.Bu jarayonlar kichik yoshdagi o‘quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi.

  • o‘quvchilarning idroki, xotirasi, tafakkuri va nutqini o‘stirishga katta e’tibor berish kerak;

  • fonematik eshitish1 qobiliyatlarini o‘stirish muhim. Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. Shu bois savod o‘rgatish davrida eshitish idrokini o‘stirish uchun xilma-xil mashqlar o‘tkazib boorish maqsadga muvofiqdir.

Unlilar va undosh tovushlar imlosi.
Nutq tovushlarini yozuvda ifodalash uchun harflarning roli kattadir. Hozirgi o‘zbek tilidagi 30 ta tovushni yozuvda ifodalash uchun 29 ta harfni ishlatamiz. O‘zbek tilidagi j harfi ikki tovushni ifodlashi nutqning tovush jihatidan sonini oshiradi.
Hozirgi o‘zbek adabiiy tilida unli fonemalar oltita:
Tovush Harf
a a
o o
e e
u u
o‘ o‘
Unli fonemalar tilning harakatiga ko‘ra klassifikatsiya qilinadi. Shunga ko‘ra ayrim vaqtlarda tovushlarning aytilishi va yozilishida farq qiladi.
Masalan: a unlisi (muomila, munosibat, muhokima va b) i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, ammo har vaqt muomala, munosabat, muhokama yozilishi kerak
o unlisi urg‘usiz bo‘g‘inlarda o–tovushi a tarzida aytiladi: kanstitutsiya, lekin konstitutsiya yoziladi.
u unlisi ba’zan ikkinchi bo‘g‘inda i eshitilasa ham, u yoziladi: butun, tushuncha, usul yoziladi.
Undosh fonemalar jarangli va jarangsiz undoshlarga ajratiladi. Undosh tovushlar so‘zlash a’zolarining faol ishtirokiga va ta’sirida paydo bo‘ladi. Undoshlarning muhim xususiyati ular orasidagi jarangli va jarangsizlikdir.
b, v, g, d, r, j, g‘, m, n, ng, y, l, – jarangli
p, f, k, t, s, ch, sh, x, q, h – jarangsiz.
J- harfi o‘zbek yozuvida ikki tovushni belgilashga hizmat qiladi. Bu tovushlardan biri portlovchi b‘lib, uni talaffuz qilganda tilning uchi yuqori tish milklariga yopishib zo‘r bilan aytiladi. J – portlovchisi nutqimizda juda ko‘p uchraydi : jon, majlis, Jahon, vaj. Lekin rus tilidan va boshqa jahon tillaridan olingan so‘zlarda sigg‘aluvchi qorishiq tovush o‘rnida aytiladi va yoziladi: jurnal, jyuri, garaj, tiraj mujgon.
S – yoki rus tili va Ovrupa tillaridan o‘tgan so‘zlardagi ajratilmas ts tovushi yangi imlo bo‘yicha quyidagicha yoziladi: Soy, sirk kabi so‘zlarda xat boshida kelsa bitta s shaklini, xat o‘rtasida unlidan so‘ng ts ikki harfni: militsiya, xat o‘rtasida undoshdan so‘ng bitta s shaklini: ssenariy, konsert va boshqa, xat oxirida unlidan so‘ng bitta shaklda yoziladi.
X (x) va H (h) tovushlari paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra ham aytilishiga ko‘ra ham bir–biridan farq qiladi. H (h) bo‘g‘zda paydo bo‘lib, sirg‘aluvchi va ma’no ayiruvchi tovush o‘rnida yoziladi: behi, hush, shohi, ham, hamma, ogoh.. X (x) esa portlovchi, til orqa tovushi: xulq, shox, xat, baxt, taxt, mix, axborot kabi.

Yüklə 462,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin