FUTBOLDA TAKTIK USULLARNING AHAMIYATI
Reja:
1.
Harakatlanish texnikasi
2.
Maydon o’yinchisining texnikasi
3.
To’pga zarba berish
Futbol texnikasining klassifikatsiyasi texnik priyomlarni umumiy (yoki o’xshash)
spetsifik belgilariga qarab guruhlarga bo’lishdan iborat. O’yin faoliyati harakteriga
qarab futbol texnikasida ikkita yirik bo’lim ajratiladi: maydon o’yinchisi texnikasi
va darvozabon texnikasi. Har qaysi bo’lim esa quyidagi:
harakatlanish texnikasi va to’pni boshqarish texnikasi bo’limlariga bo’linadi.
Kichik bo’limlar turli usullarda ijro etiladigan konkret texnik priyomlardan:
harakatlanish texnikasi va priyomlari va usullaridan iborat. Bulardan maydon
o’yinchilari va darvozabon foydalanadi . Ammo ayrim priyom va usullar o’zining
muayyan turlariga ega. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi bo’lib,
detallaridagina farq bo’ladi. Har xil priyom, usul va turlarni ijro etish shartlari
futbol texnikasini yanada turli-tuman qiladi. Futbol texnikasining klassifikatsiyasi
berilgan. O’rganilayotgan materialni sistemalashtirish, priyom, usul, turlarni
tuzukroq tushunishga, ularni to’g’ri tahlil qilishga, ta’lim va olingan bilimlarni
takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordam beradi. Futbol
texnikasining harakteristikasi maydon o’yinchisi va darvozabon uchun umimiy
kichik bo’lim bo’lgan harakatlanish texnikasidan boshlanadi. 1. Harakatlanish
texnikasi Harakatlanish texnikasi quyidagi priyomlar guruhini o’z ichiga oladi:
yugurish, sakrash, to’xtash, burilish. Harakatlanish texnikasining klassifikatsiyasi
ko’rsatilgan. O’yin vaqtida harakatlanish texnikasi priyomlaridan xilma-xil tarzda
qo’shib foydalaniladi. Mana, masalan, futbolchining harakatlanish tezligi
nihoyatda xilma-xil, sekin yurishdan boshlab startdagi tezlanishu maksimal
tezlikka qadar o’zgaradi, yugurishning maromi va yo’nalishi qo’qqisdan o’zgarib
turadi. Ygurishning xilma-xil priyomlarini sakrash, to’xtash, burilish bilan birga
ko’shib olib borish futbolchi harakatlanishiga xos xususiyat hisoblanadi.
Harakatlanish texnikasining priyomlari maydon o’yinchilari va darvozabonning
to’pni boshqarish san’ati bilan chambarchas bog’liq. Harakatlanish texnikasi
priyomlarini keragicha hamda kompleks tarzda qo’llanish ko’p taktik vazifalarni
(to’p olish uchun ochilish va raqibini chalg’itish, pozitsiya tanlash, o’yinchini
to’sib olish va h.k) samarali hal qilish imkonini beradi. Yugurish. Futboldagi
asosiy harakatlanish vositasi yugurishdir. To’pni boshqarayotgan futbolchilar
yugurish yordamida maydonda turlicha joylashib oladilar. Bundan tashqari
yugurish tarkibiy qism sifatida to’pni boshqarish texnikasiga ham kiradi. Futbolda
yugurishning quyidagi priyomlari qo’llaniladi: oddiy yugurish, tisarilib yugurish,
chalishtirma qadam tashlab yugurish, juftlama qadam tashlab yugurish. Oddiy
yugurishdan asosan to’g’ri borayotgan o’yinchilar bo’sh joyga chiqish, raqibni
quvish va hokazolarda foydalanadi. Harakat sistemasi ham (bir oyoqqa tayanish va
havoda uchish fazalariga bo’linishi) tuzilishi ham yengil atletika yugurishdan farq
qilmagani uchun uni oddiy yugurish deyiladi. Qadam uzunligi, chastotasi va
ritmidagina farqi bor, xolos. Yugurish qadamining uzunligi sprinterlarda 2-2,2 m
ga teng bo’lsa, katta yoshli futbolchilarda o’rtacha 1,3-1,5 m ga teng. Qadamlar
chastotasi sprinterlarda sekundiga 4-4,5 qadamga teng. Futbolchilarda chastota sal
ortiqroq, sekundiga 5,1-5,5 qadam bo’ladi. Bu esa, havoda uchish fazasi qisqaroq
bo’lgani sababli tez to’xtashga yoki tez burilib olishga yordam beradi. Tisarilib
yugurishdan asosan to’pni olib qo’yishda va to’sib olishda qatnashayotgan
himoyadagi o’yinchilar foydalanadi. Yugurishning bu turi ham siklik (qo’shaloq
qadamli) bo’ladi. Qisqa–qisqa, lekin tez-tez qadam tashlash, havoda uchish
fazasininig qariyb yuqligi unga xos xususiyatdir. Buning sababi siltanish oyog’i
orqaga uzatilganda sonning yozilishi cheklangan ekanidadir. O’yin sharoiti
ko’pincha maksimal tezlikda tisarilib yugurishni talab qilib qoladi. Bunda tezlik
qadam chastotasini oshirish hisobiga ortadigan bo’lib, bu ko’proq oyoqninig
orqaga aktiv harakat qilishiga bog’liq. Tisarilib yugurayotganda o’yinchi ba’zan
muvozanatni yo’qotib yiqilib tushadi. Tayanch oyoq vertikal turgan paytda
gavdaning ogirliq markazi o’qi tayanch yuzasining tepasida turishi o’yinchining
holati turg’un bo’lishi shartlaridan biridir. Chalishtirma qadam tashlab yugurishdan
harakat yo’nalishini o’zgartirish uchun, turgan joydan o’ngga yoki chapga siltanib
yugurish paytida, burilib olgandan keyin foydalaniladi. U harakatlanishning
spetsifik vositasi bo’lib, asosan boshqa yugurish turlari bilan birga qo’shib
qo’llaniladi. Chalishtirma qadam tashlab yugurish yon tomonga ijro etiladigan
yugurish qadamlari bilan harakterlanadi. Qadam tashlash siklining birida
(qo’shaloq qadamda) siltanuvchi oyoqni oldiga chalishtirib o’tkaziladi. Yugurish
paytda havoda uchish fazasi juda qisqa. Juftlama qadam tashlab yugurishdan taktik
jihatdan kerakli holatga o’tishda (masalan, o’yinchi oldini to’sib olishda)
foydalaniladi. U dastlab harakatlanish fazasi sifatida foydalaniladi, keyinroq
o’yindagi vaziyatga qarab, harakatlanish texnikasining turli priyomlari sifatida ijro
etiladi. Juftlama qadam tashlab yugurish oyoklarni sal bukib bajariladi. Birinchi
qadamni harakat yo’nalishiga yaqin oyoqdan boshlab, yon tomonga tashlanadi.
Ikkinchi qadamda oyoqlar juftlanadi. Depsinish va siltanish harakatlarida zo’r
berish yuqori tomonga emas, balki yon tomonga yo’naltiriladi. Sakrash. To’xtash
va burilish priyomlarining ba’zilarini ijro etishda sakrashdan foydalaniladi.
Sakrash zarba berishning ayrim usullari, to’pni oyoqda, ko’krakda, kalla bilan
to’xtatib qolish va ba’zi fintlar texnikasining tarkibiy qismiga kiradi. O’yinda
oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga hamda shularga yaqin yo’nalishlarda sakraladi.
O’yindagi vaziyat ko’pincha maksimal uzun sakrashni talab qilmaydi. Bunda
sakrashning samaradorligi futbolchining koordinatsion qobiliyati bilan belgilanib,
futbolchi turli dastlabki holatlardan fazo, vaqt va kuch xarakteristkalari optimal
bo’lgan harakatlar qilish kerak bo’ladi. Barcha xil sakrashlarda depsinish, havoda
uchish va yerga tushish fazalari bo’ladi. Sakrashning ikki xil priyomi bor: bir
oyoqda depsinib sakrash va ikki oyoqda depsinib sakrash. Bir oyoqda depsinib
sakrash oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga bajariladi. Bunday sakrashda aktiv
depsinib, ikkinchi oyoqni silkitib, gavda og’irlik markazining o’qi sakrash
tomonga o’tkaziladi. Sakrashning trayektoriyasi va kuchi o’yindagi vaziyatga
bog’liq. Bir oyoqda yoki ikki oyoqda yerga tushiladi. Qisqa masofali, qattiq
amortizatsiya keyingi harakatlarga tezroq va samaraliroq o’tish imkonini beradi.
Og’irlik markazi o’qining proyeksiyasi tayanch yuzasining chegarasida yoki undan
tashqarida bo’lishi ham shunga yordam beradi. Sakrab to’pga kalla urayotganda
ko’pincha maksimal baland ko’tarilish kerak bo’ladi. Bunda yugurib kelib
depsinadigan oyoqni taqqa to’xtaydigan qilib (tayanchga nisbatan burchak hosil
qilib) qo’yish yordam beradi. Sal cho’nqaygandan keyin yuqoriga yoki yuqorilab-
oldinga tomon aktiv depsinish kerak bo’ladi, bunda qo’llarni ko’krak baravar
silkitib ko’tarish depsinishning samarasini oshiradi. Ikki oyoqda dyepsinib sakrash.
Bunday usul bilan oldinga, oldinlab-yon tomonga va oraliq yo’nalishlarida
sakraladi. Turgan joydan sakraganda o’yinchi depsinish oldidan tezda salgina
cho’nqayadi. Oyoqlarini aktiv to’g’rilash bilan birga gavda og’irlik markazining
o’qi sakrash tomoniga o’tkaziladi va qo’llar silkitiladi. Yugurib kelib
sakrayotganda so’nggi qadamda bir oyoqni taqqa to’xtaydigan qilib qo’yiladi.
Cho’nqayish paytida ikkinchi oyoq birinchisi yoniga tezlik bilan juftlanadi.
Depsinish havoda uchish va yerga tushish fazalari turgan joydan sakragandagi kabi
bo’ladi. To’xtash. Harakatlanish texnikasida to’xtashga harakat yo’nalishini
o’zgartirishning samarali vositasi deb qoraladi. To’satdan to’xtab qolganda,
raqiblarning qayerda, joylashganiga qarab turib to’p bilan ham, to’psiz ham o’sha
ketayotgan tomonning o’ziga yoki qarshi tomonga otilib ketiladi, o’ngga yoki
chapga qochib qolinadi. To’xtashda ikki xil priyom qo’llaniladi: sakrab to’xtash va
tashlanib to’xtash. Sakrab to’xtash uchun sal yuqoriga qisqaroq sakrab, siltangan
oyoqda yerga tushiladi - bunda turg’unlik bo’lsin uchun shu oyoq sal egiladi.
Ammo ko’pincha yerga ikki oyoqlab tushiladi. Tashlanib to’xtash so’nggi yugurish
qadami hisobiga bajariladi. Bunda siltangan oyoqni oldinga uzatib, tovonga
tiralinadi-da, keyin oyoqni rostmana yerga qo’yiladi. Tashlanib to’xtash oyoqlarni
anchagina bukib, ikki oyoqqa tayanib qolish bilan harakterlanadi.
Barcha xil to’xtashlardan keyin, odatda, turli yo’nalishlarda harakat davom
ettiriladi. Shuning uchun to’xtashdagi so’nggi holat keyingi harakatning start holati
bo’lishi kerak. Burilish. Burilish yordamida futbolchilar tezlikni minimal
kamaytirib, yugurish yo’nalishini o’zgartiradilar. Odatda turgan joyda burilgandan
keyin start harakatlari boshlanadi. Burilish, shuningdek, zarba berish, to’pni
to’xtatish, to’pni olib yurish va fintlarning ayrim usullarini bajarish texnikasi
tarkibiga kiradi. Burilishning quyidagi priyomlaridan foydalaniladi: hatlab o’tib
burilish, sakrab burilish, tayanch oyoqda burilish. O’yin sharoitiga qarab yon
tomonlarga va orqaga burilish mumkin. Burilish turgan joyda ham, harakat paytida
ham ijro etila beradi. Hatlab o’tib burilganda qisqa-qisqa 2-3 qadam tashlash
hisobiga kerakli yo’nalishga qarab olinadi. Harakat yo’nalishini to’satdan va tez
o’zgartirishda sakrab burilish samaraliroqdir. Bu ish burilish tomonga aktiv
depsinib bajariladi. Silkinch oyoqning kafti ham shu tomonga aylantiriladi.
Sakrash unchalik baland bo’lmasa ham to’lato’kis bajariladi. Tayanch oyoqda
burilishning ikki turi bor. Birinchisida burilish yo’nalishidan uzoqdagi oyoqqa
tayanib burilinadi. Bunda futbolchi gavda og’irlik markazi o’qining proyeksiyasini
tayanch satx chegarasidan chiqarib, tayanch oyoq uchida burilish tomonga
aylanadi. Ikkinchisida harakat yo’nalishiga yaqin oyoqqa tayanib burilinadi, gavda
og’irlik markazining o’qi burilish tomonga ko’chadi. O’tkaziladigan oyoqni ham
shu yo’nalishda tayanch oyoqning old tomoniga chalishtirib qo’yiladi. Burilish sal
bukilgan tayanch oyoq uchida bajariladi. 2. Maydon o’yinchisining texnikasi
Maydon o’yinchisining texnikasi ikkita kichik bo’limdan iborat. Bulardan biri
harakatlanish texnikasi bo’lsa, ikkinchisi to’pni boshqarish texnikasidir. Maydon
o’yinchilari harakatlanish texnikasining yuqorida tahlil qilingan xilmaxil
priyomlari, usul va turlarining barchasidan foydalanadilar. To’pni boshqarish
texnikasiga quyidagi priyomlar guruhi kiradi: zarba berish, to’pni to’xtatish, to’pni
olib yurish, aldash harakatlari (fintlar), to’pni olib qo’yish. Bundan tashqari, qo’lda
bajariladigan spetsifik priyom-yon chiziqning nariyog’idan to’pni tashlab berish
ham to’pni boshqarish texnikasiga kiradi. O’yin vaqtida qaysi priyom qancha
miqdorda ijro etilishi futbolchilarning o’yindagi funksiyalariga bog’liq.
Priyomlarning ijro etish sifati esa maydon o’yinchilarining hammasida yuksak
darajada bo’lishi kerak. To’pga zarba berish To’pga zarba berish futbol
o’ynashning asosiy vositasi hisoblanadi. To’pga oyoq bilan va kalla bilan turli
usullarda zarba beriladi. Zarba berishning klassifikatsiyasi berilgan.
Zarba berishning barcha usullari muayyan maqsadga qaratilgan bo’lib, bu to’pning
keraklicha trayektoriya bo’ylab harakatlanishi va optimal (ko’pincha esa
maksimal) tezligi bilan harakterlanadi. To’pning uchish tezligi zarba beruvchi
bo’g’in (oyoq yoki kalla) bilan to’pning o’zaro to’qnashgan paytdagi boshlang’ich
tezligiga, shuningdek ular massasining bir-biriga nisbatan bog’liq. O’zaro ta’sir
etuvchi bo’g’inlarning massasi nisbatan muhim bo’lgani sababli to’pning uchish
tezligini oshirish uchun, zarba beruvchi bo’g’in tezligini oshirish kerak bo’ladi.
To’pga oyoq bilan zarba berish To’pga oyoq bilan zarba berish oyoq kaftining
ichki tomoni bilan, oyoq yuzining ichki, ichki va tashqi qismlari bilan, oyoq uchi
bilan, tovon bilan bajariladi. Zarbalar harakatsiz turgan to’pga, shuningdek turli
yo’nalishlarda dumalab va uchib kelayotgan to’pga turgan joydan, harakat vaqtida
sakrab turib, burilib, yiqila turib beriladi. Oyoq bilan to’p juda xilma-xil bo’lishiga
qaramay, ular texnikasini sistemastruktura jihatidan taxlil qilish ko’p usullar uchun
umumiy bo’lgan asosiy harakat fazalariga ajratib ko’rsatish imkonini beradi.
Dastlabki faza-yugurib kelish. Yugurib kelishning uzun-qisqaligi, uning tezligi
futbolchining individual xususiyatlari va taktik vazifalariga qarab belgilanadi.
Biroq har gal yugurib kelayotganda, to’p oldindan o’ylab qo’yilgan oyoq bilan
tepiladigan qilib mo’ljal olinishi kerak. Bunga eng so’ngidan bitta oldingi qadamni
qisqartirib yoki uzaytirib erishsa bo’ladi. Yugurish qadamlarining o’rtacha uzunligi
katta yoshli futbolchilarda 130-150 sm ga teng bo’ladi. Yugurib kelish zarba
beruvchi bo’g’inlar tezligini oldindan oshirib olishga yordam beradi. Tayyorlov
fazasi - zarba beruvchi oyoqni orqaga silkish va tayanch oyoqni yerga qo’yish.
So’nggi yugurish qadami vaqtida ortki depsinishdan juda muhim kichik fazazarba
beruvchi oyoqni orqaga tortish fazasi ijro etiladi. Sonni anchagina, goho esa
maksimal darajada orqaga tortib, tizzani bukish pirovardida keraklicha kuch bilan
tepish imkonini beradi, chunki bunda oyoqning to’pgacha yetib keladigan yo’li
uzayadi va son oldingi yuzasining muskullari tarang tortiladi. Bundan tashqari, son
anchagina orqaga tortilganda harakatlantiruvchi muskullarning hammasi ham
cho’ziladi va keyingi bukish harakatida ishtirok etadi. Bularning hammasi harakat
oxirida katta tezlikga erishish imkonini beradi. Zarba beruvchi oyoq orqaga
tortilishini to’g’ri bajarish uchun yugurib kelishdagi so’nggi qadamni sal uzaytirish
kerak. Bu qadam, odatda, boshqalaridan 35-45% uzun bo’lib, 200-250 sm.ni
tashkil etadi. Tayanch oyoq To’pdan o’ng yoki so’l tomonga qo’yiladi. Ishchi faza-
zarba berish harakati va surib borish. Zarba berish harakati tayanch oyoqni yerga
quyish paytida sonni olg’a tomon aktiv bukishdan boshlanadi. Bunda son bilan
bukilgan boldir orasida hosil bo’lgan burchak saqlanib turadi. Boldir bilan oyoq
kaftining son harakatidan orqaroqda qolishi butun oyoqning og’irlik markazini tos-
son bo’g’imi tomon yaqinlashtiradi, bu esa oyoqning aylanish tezligini oshirishga
olib keladi. Zarba berish oldidan son sal tormozlanadi («Chxaidze paradoksi»).
Bunga oyoqning massasi kichikroq qismi (boldir va oyoq kafti qismi) tezligini
oshirish uchun unga kattaroq massali bo’g’indagi harakat miqdorini (mv) asta-
sekin o’tkazib berish kerakligi sabab. To’pga boldir bilan oyoq kaftini shiddatli
qilichdek harakatlantirib zarba beriladi. Zarba berish paytida oyoqning to’piq bilan
tizza bo’g’imini qotirib tutish kerak. Zarba beruvchi oyoqning «qattiq richagga»
aylanishi zarba beruvchi bo’g’im massasini ko’paytirish imkonini beradi. Zarba
paytidagi o’zaro ta’sir boshlanishida oyoqning to’pga tekkan joyi to’pning shaklini
o’zgartiradi - deformatsiyalaydi. Oyoq bilan to’pning birgalikda surilish tezligi
nolga tenglashguncha to’p qisila boradi. Keyin elastik kuchlar to’p shaklini
tiklaydi-da, to’pning tezligi muayyan miqdorga qadar keskin ortadi. Bu tezlik
zarba berayotgan oyoqning zarba boshidagi tezligidan sal kamroq bo’ladi.
Energiyaning bir qismi sarflangandan qolgan deformatsiyaga va qizitishga ketadi.
Futbol to’pining elastik deformatsiyasi anchagina. Deformatsiya fazalari bilan
shaklning tiklanishi 0,008-0,013 sekundga yaqin davom etadi. Oyoq to’pga tegib
turgan vaqtni mumkin qadar uzoqroq davom ettirish kerak, chunki to’pning uchish
tezligi berilgan kuch (F) bilan shu kuch ta’siri qancha vaqt (t) davom etganiga
bog’liq. Shunday qilib ishchi fazasi surib borish degan faoliyat bilan tugaydi.
Bunda zarba beruvchi oyoq to’p bilan birga harakat qilib boradi. Surib borish
kattaroq kuch impulsi (Ft) hosil qilish imkonini beradi va o’z navbatida bu
to’pning uchish tezligini oshiradi. Bundan tashqari to’pning harakat yo’nalishi ham
ko’p jihatdan surib borish yo’nalishi bilan belgilanadi. Yakunlovchi faza-keyingi
harakatni boshlash dastlabki holatga o’tish. Zarba berilgandan keyin oyoq
yuqorilab olg’a tomon harakatda davom etadi. Zarba paytida tayanch satxi ustida
bo’lgan gavda og’irlik markazi o’qi oyoq harakati tomonga ko’chadi. Shu tariqa
keyingi harakatlar uchun eng yaxshi sharoit vujudga keladi. Oyoq bilan to’p
tepishning ko’p usullariga bu singari harakat strukturasi xosdir. Yuqorida bayon
etilgan talablarga qat’iy rioya qilish turli usullarda anchagina kuch bilan to’p tepish
imkonini beradi. Biroq taktik mulohazalar ko’pincha harakat fazalarini bajarish
vaqtini qisqartirish, amplituda va muskullar kuchayishini kamaytirishini taqozo
etadi. Bundan tashqari, to’p tepishning bir qancha usullari texnikasida ba’zi
spetsifik xususiyatlar ham bor. "Science and Education" Scientific Journal / Impact
Factor 3.848 (SJIF) January 2023 / Volume 4 Issue 1 www.openscience.uz / ISSN
2181-0842 463
Dostları ilə paylaş: |