177
xarakterga ega bo‗ladi.
Organizmning bir butun biologik reaksiyasi (assosiativ,
fakultativ o‗rganish) bilan birgalikda bo‗lishiga bog‗liq holda, signal ahamiyatiga ega
bo‗lish qobiliyati bo‗lgan tashqi omillar spektri kengayadi. Bu davrda, o‗rganish
samaraga bog‗liq xarakterga ega bo‗ladi, ya‘ni organizmni muhit bilan kontaktini
samaraligi bilan belgilanadi.
Assosiativ o‗rganish, qandaydir indifferent qo‗zg‗atuvchini organizmning
faoliyati bilan vaqt birligida to‗g‗ri kelishi bilan xarakterlanadi. Bunday
assosiasiyaning – shartli refleksning biologik mohiyati, uning signal ahamiyatiga ega
ekanligida, ya‘ni ushbu qo‗zg‗atuvchi tomonidan keyingi hodisalarni bostirib
kelishini va u bilan, o‗zaro hamkorlikka organizmni tayyorlovchi, ogohlantiruvchi
omil rolini o‗ynashida. Qandaydir ravishda shartsiz-reflektorli reaksiyani imitasiya
qiluvchi shartli reflekslar ishlab chiqish holati, so‗lak ajralishi yoki elektrli mudofaa
reflekslar paytida kuzatilgan. Oxirgi holatda, masalan, begona qo‗zg‗atuvchi, itlarda
oyoqlarini tortib olishga olib keluvchi kuchsiz elektrli og‗rituvchi rag‗bat bilan birga
ta‘sir ko‗rsatilgan. Bir necha marta, ushbu ta‘sirlar birga o‗tkazilgandan keyin, shartli
signalga ham shunday reaksiya yuzaga kelgan. Bunday shartli reflekslarni
Dostları ilə paylaş: