I tip shartli
reflekslar
yoki mumtoz shartli reflekslar deb ataladi. Bu reflekslar tufayli, signallarni
shartsiz-reflektorli faoliyat tomonga sezilarli kengayishi hisobiga, passiv
adaptasiyaga erishiladi. Bunda hayvon, hodisaning passiv ishtirokchisi sifatida
chiqadi va ularni ketma-ketligini tubdan o‗zgartirish imkoniyatiga ega bo‗lmaydi.
Hayvonning faol maqsadga yo‗naltirilgan faoliyati asosida namoyon
bo‗ladigan shartli reflekslar mustaqil shaklga birlashtiriladi. Bunda, hodisalarning
ketma-ketligi nafaqat tashqi signallarga, balki hayvonning xulq-atvoriga ham bog‗liq
bo‗ladi. Masalan, tajriba kamerasidagi kalamush behosdan pedalni bosganda, darhol
uni ovqat bilan rag‗batlantiriladi. Agar, pedalni bosishidan oldin begona
qo‗zg‗atuvchi ham qo‗shilsa, quyidagicha zanjirli aloqa o‗rnatiladi: signal
pedalni
bosish
ovqat. O‗rganishning bunday faol xarakteri, o‗rta bo‗g‗inda – pedalni
bosishda mujassamlashgan bo‗lib, uni o‗z vaqtida bajarilishiga ovqat topish xulq-
atvor aktini muvaffaqiyatli bajarilishi bog‗liqdir. Bunda, pedalni bosishning o‗zi,
178
ovqatni olish bilan hech qanday genetik aloqaga ega emas. Bunday shartli reflekslar
instrumental yoki
II tip shartli reflekslar
deb ataladi. Bularga, operant o‗rganish yoki
dressirovkaning («sinov va xato» yordamida o‗rganish) turli shakllari ham kiritiladi.
Asab tizimi rivojlangan, voyaga yetgan hayvonlarga ko‗proq xos bo‗lgan
o‗rganishning yuksak shakllari, konseptual ma‘noda, atrof-muhitning funksional
strukturasini shakllantirish xususiyatiga, ya‘ni atrof-muhitning bir butun obrazini
shakllantirishga tayanadi. Kognitiv o‗rganishning bunday shakllari, muhitning
alohida komponentlari o‗rtasidagi aloqalar qonunlarini chiqarishga asoslanadi va
ilgarigi ikki shakldagi o‗rganishga asoslangan.
I.S.Beritashvilining (1936) fikricha, yuksak umurtqali hayvonlarda ovqatning
joylashgan joyini ilk bor his qilgan paytidayoq, ovqatning obrazi yoki u to‗g‗risida va
uni fazodagi joylashgan joyi to‗g‗risida konkret tasavvur hosil bo‗ladi. Ushbu obraz,
uzoq muddat qaytadan yuzaga keltirilmasdan saqlanadi va har gal, ushbu muhitni
yoki uning biron-bir komponenti his qilinganda, uni reproduksiya bo‗lishi natijasida,
hayvon o‗zini bevosita ovqatni his qilgan paytidagidek tutadi. Bunday psixo-asabli
xulq-atvor yoki obrazlar orqali yo‗naltirilgan xulq-atvorni shartli-reflektorli,
avtomatlashtirilgan xulq-atvordan farqli ravishda,
erkin xulq-atvor
deb atalgan.
O‗rganishning bunday shaklida, psixo-asabli obraz bilan miyaning harakatlantiruvchi
markazi o‗rtasida vaqtinchalik asabli aloqalar o‗rnatiladi. Tashqi dunyoni sub‘ektiv
aks etishi asosida yotgan obraz – bu, keyinchalik sodir bo‗ladigan reflektorli xulq-
atvorning bo‗lagidir. Obrazning bevosita faolligi, hayvonning xulq-atvorini
boshqaruvchi orientirlanish reaksiyasi orqali amalga oshadi.
Psixo-asabli obraz orqali, birlamchi yo‗naltiruvchi individual xulq-atvor qayta
trenirovka (mashq) qilinganda avtomatlashtiriladi va shartli reflektorli o‗rganishning
barcha qonuniyatlari bo‗yicha amalga oshiriladi.
L.V.Krushinskiy (1977) xulq-atvorning mustaqil shakli sifatida hayvonlarning
elementar fikrlash faoliyatini alohida ko‗rsatgan. Bu faoliyat, hayvonlarni tashqi
muhitning predmetlari va hodisalarini bog‗lovchi oddiy empirik qonunlarini ilg‗ash
qobiliyatida hamda yangi holatlarda xulq-atvor dasturini tuzish paytida ushbu
179
qonunlardan foydalanish imkoniyatida mujassamlashgan. Hayvonning elementar
fikrlash faoliyatini (idrokini) namoyon bo‗lishi, qo‗zg‗atuvchining harakat
yo‗nalishini ekstrapolyasiya qilish qobiliyati hisoblanadi. Hayvon o‗zining «hisobni
boshlash tizimi»dan foydalangan holda ovqat yo‗nalishini o‗zgarishini
ekstrapolyasiya qiladi. Bunda ovqat, yo‗lning ko‗proq qismida hayvonga
ko‗rinmaydi. Hayvon bunday yo‗l bilan, o‗zining kelgusidagi xulq-atvori mantiqini
qurishi uchun, muhitdagi o‗zgarishni oldindan his qilingan taktikasini ishlatadi.
Tanlash jarayonida, biologik ahamiyatga ega masalalarni eng tez yechilishini
ta‘minlaydigan neyronli funksional konstellyasiyalar mustahkamlanib qoladi, degan
tahmin mavjud. Ushbu lahzada ushlab qolingan qonunlarni, oldingi hayotda
o‗rganilganlari bilan taqqoslash sodir bo‗ladi. Natijada, masalani yechishning eng
adekvat yo‗lini tanlash amalga oshiriladi. Fikrlash faoliyatining namoyon bo‗lishiga
insayt
- o‗rganish (inglizcha ―insight‖ – ziyraklik, tushunish, intuisiya) atamalarini
kiritish mumkin.
Ehtimoliy tashkiliy muhitda biologik evolyusiyaning muhim natijasi - ehtimolli
prognoz qilish (oldindan aytib berish) qobiliyati hisoblanadi. Buning ostida, oldingi
tajriba va holatni mavjudligi to‗g‗risidagi axborotning ehtimoliy strukturasiga
asoslangan, kelajakni oldindan bilish yotadi. Ehtimoliy gipotezalarga mos ravishda,
maqsadga erishishning eng ko‗p ehtimolligiga olib keluvchi kelgusi holatlardagi
harakatlarga tayyorgarlik amalga oshiriladi.
Ehtimollik o‗rganish nazariyasi statistik qonuniyatlarni bashorat qilish
to‗g‗risidagi tasavvurlardan va sub‘ektni o‗rganish paytida xulq-atvorni optimal
strategiyalarini tanlashdan kelib chiqadi. P.V.Simonov (1986), sub‘ektning axborotga
ega bo‗lish darajasi maqsadga erishishning joriy sub‘ektiv ehtimolligiga bog‗liq deb
hisoblaydi. Bunda, mavjud vositalar va muammoviy holatni baholash hisobga
olinishi kerak. Yuksak umurtqali hayvonlar va inson, uzluksiz ehtimollik prognozga
suyanadilar. Hayvonlar, o‗zining «beparvoligini» qurboni bo‗lib qolmaslik uchun,
ovqat ob‘ektini izlash ehtimolligini prognoz qiladi.
O‗rganishning eng oddiy shakllari ko‗p bo‗lgan paytda, faoliyatini ehtimollik
180
prognoz qilishga o‗rgatish, miyaning yuqori integ-rativ tizimlarini ishi bilan bog‗liq
bo‗lgan eng murakkab miya jarayonlarining natijasi sifatida namoyon bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: |