G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


VI BOB. OLIY ASAB FAOLIYATINING TIPLARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

VI BOB. OLIY ASAB FAOLIYATINING TIPLARI 
6.1. Hayvonlar oliy asab faoliyatining tiplari 
Turli-tuman ta‘sirotlarga javoban har xil hayvonlarda kuzatiladigan reaksiyalar 
mutlaqo bir xil bo‗lmaydi. I.P.Pavlov itlarda o‗tkazgan tajribalarida oliy asab 
faoliyati (shartli reflektor faoliyati) asab tizimining individual xossalariga, 
organizmning irsiy va hayotda orttirgan xususiyatlariga bog‗liqligini aniqladi. Har bir 
individumda shartli refleksning hosil bo‗lish tezligi, miqdori, mustahkamligi, 
tormozlanishning 
intensivligi, 
asab 
hodisalarining 
irradiasiyalanish 
va 
konsentrasiyalanish darajalari, patologik holatni vujudga keltiruvchi ta‘sirotlarga 
nisbatan oliy asab faoliyatining barqarorligi har xil sharoitda bir xil emas. Binobarin, 
turli ta‘sirotlar tufayli kelib chiqadigan javob reaksiyalari har qaysi hayvon asab 
tizimining individual xususiyatlari va holatlariga, ya‘ni oliy asab faoliyatining tipiga 
bog‗liq. Bizga ma‘lumki, po‗stloqda doimo to‗xtovsiz ravishda qo‗zg‗alish va 
tormozlanish jarayonlari kuzatilib turadi. Ammo turli hayvonlarda bu jarayonlar bir 
xil munosabatda sodir bo‗lmasdan, kuchi, o‗zaro muvozanatlashganligi va 
harakatchanligi bilan farq qiladi. Asab hodisalarining (qo‗zg‗alish va 
tormozlanishning) kuchi po‗stloq hujayralarining ish bajarish qobiliyatiga, surunkali 
ravishda kuchli qo‗zg‗alib, faollik qila olish xususiyatiga bog‗liq. Qo‗zg‗alish va 
tormozlanish jarayonlarining muvozanatlashganligi deganda, qo‗zg‗alish kuchi bilan 
tormozlanish kuchining o‗zaro nisbati, ularning harakatchanligi deganda, 
qo‗zg‗alishning tormozlanish bilan va aksincha, tormozlanishning qo‗zg‗alish bilan 
almashinish tezligi tushuniladi. I.P.Pavlov bir talay kuzatish va tajriba 
ma‘lumotlariga asoslanib, hamda po‗stloqdagi qo‗zg‗alish va tormozlanishlarning 
kuchini, ularning o‗zaro muvozanatlanishi va harakatchanligini o‗rganib, itlar asab 
tizimini to‗rtta tipga bo‗lgan (50-rasm). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin