G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

yo‘l-yo‘l tana,
oqimtir shar
va 
subtalamik yadro 
kiradi. Hozirgi 
vaqtda bazal yadroga o‗rta miyaning qora substansiyasi ham kiritiladi.
Dumli va qobiq anatomik jihatdan o‗xshash bo‗lib, ularda oq va kul rang modda 
almashinib keladi. Bazal yadroning vazifasi harakatlar dasturini aniqlashdir. Yana 
bir taxminlarga ko‗ra, axborot bosh miya po‗stlog‗ining assosiativ zonalaridan bir 
vaqtda miyacha va bazal hujayralarga keladi, ulardan esa talamus orqali 
harakatlantiruvchi po‗stloqqa keladi. Bu yerda aniqlik kiritilgan dastur orqa miyaning 
motoneyronlariga uzatiladi.
Bazal gangliylrning alohida strukturalari o‗rtasidagi bog‗liqlik hali yaxshi 
o‗rganilmagan. Lekin taxminlarga ko‗ra, fikr tug‗iladigan assosiativ po‗stloqdan 
axborot yo‗l-yo‗l tanaga keladi, bu yerdan 2 yo‗l bilan tarqaladi, ya‘ni: 
1) qora substansiyaning neyronlariga va qayta yo‗l-yo‗l tanalarga, hamda 
talamusga; 
2) rangsiz sharga, so‗ngra pastga tushuvchi (ekstrapiramidali) boshqaruvchi 
tizimning o‗zak markazlariga, hamda talamusga va uyog‗iga bosh miyaning 
harakatlantiruvchi po‗stlog‗iga tarqaladi.


93 
36-rasm. Bazal gangliyda muhim afferent, efferent va ichki aloqalar 
(R.F.Schmidt, G.Thews, 1983).
 
VOYa - ventraloldi yadro; VLYa- ventrolateral yadro; O‗M - o‗rta markaz; SYa-
subtalamik yadro. 
Bazal yadrolar shartli reflekslarni hosil qilish va murakkab shartsiz reflekslarni 
bajarishda qatnashadi. Ular jismoniy ish bajargan vaqtda tanani kerakli holatda 
ushlab turish va avtomatik harakatlarni bajarilishini ta'minlaydi. Bunda asosiy motor
vazifasini rangsiz shar bajaradi, yo‗l-yo‗l tana esa uning faolligini boshqaradi. Bazal 
gangliylar kuch, amplituda, tezlik va yo‗nalish kabi harakat parametrlarini nazorat 
qiladi. Hozirgi vaqtda dumli yadroning murakkab ruhiy jarayonlar – diqqat, xotira, 
xatolarni topish jarayonlarini nazorat qilishi aniqlangan (36-rasm).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin