G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

 
2.3. Uzunchoq miya 
Uzunchoq miya
orqa miyaning bevosita davomi hisoblanadi, uzunligi 25 mm 
atrofida, shakli uchi kesilgan konusga o‗xshaydi (24-rasm). Uzunchoq miyaning 
oldingi yuzasida oldingi o‗rta oraliq ajratiladi, uning yonlarida piramida joylashgan. 
Piramidalar piramidali o‗tkazuvchi yo‗llarning asab tolalarining tutamidan tashkil 
topgan. Piramida yo‗lining tolalari bosh miya po‗stlog‗ini bosh suyak asablarining 
yadrolari va orqa miyaning kulrang moddasi bilan bog‗laydi. Piramidaning ikkala 
tomonidan 
oliva
 
joylashgan.
Uzunchoq miya, orqa miya singari, ikkita vazifa – 
reflektor 
va
o‘tkazuvchi
 
vazifani bajaradi. U orqa miya singari oq va kulrang moddadan tuzilgan, periferiya 
bilan bevosita sezuvchan va harakatlantiruvchi aloqaga ega. Sezuvchan tolalar orqali 
uzunchoq miya bosh terisi, ko‗z, burun, og‗izning shilliq pardasi, eshitish a‘zolari, 


65 
vestibulyar apparat, hiqildoq, traxeya, o‗pka reseptorlaridan, hamda yurak-tomir 
tizimi va hazm tizimining interoreseptorlaridan axborotlarni qabul qiladi. Uzunchoq 
miyaning kulrang moddasi IX, X, XI, XII juft bosh suyagi asablarining yadrolari, 
oliva va retikulyar formasiyasidir. 
IX – til-halqum asabi
og‗iz bo‗shlig‗i va halqum mushaklarini 
innervasiyalaydigan harakatlantiruvchi tolalar, va til va halqum shilliq pardasining 
sezuvchan tolalaridan tashkil topgan, vegetativ tolalar so‗lak bezlarini 
innervasiyalaydigan parasimpatik gangliylarga boradi.
X – vagus yoki adashgan asab
ham aralash hisoblanadi. Uning parasimpatik 
tolalari halqum, qizilo‗ngach, oshqozon, ingichka ichak, hazm bezlariga boradi,
harakatlantiruvchi tolalar nafas olganda tomoq va halqumni ketma-ket qisqarishini 
reflektor boshqaradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin