G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

Spinal karaxtlik (shok). 
Orqa miya birdan 
bo‗yinning yuqori qismidan kesilsa, yoki jarohat 
olsa o‗tsa avval orqa miyaning deyarli barcha 
funksiyalari, shu jumladan orqa miya reflekslari 
ham o‗sha zahoti yo‗qola boshlaydi. Bu reaksiya 
spinal karaxtlik 
deyiladi. Bu reaksiyaning sababi 
shundaki, spinal neyronlarning normal faolligi ko‗p jihatdan orqa miyaning doimiy 
tonusli qo‗zg‗alishiga bog‗liqligidir. Bu qo‗zg‗alish unga yuqori markazlardan pastga 
tushuvchi asab tolalari bo‗ylab, ayniqsa, retikulospinal, vestibulospinal va 
kortikospinal traktlardan, keladigan impulslar ta‘sirida ro‗y beradi. Bir necha soat 
yoki hafta davomida spinal neyronlarning qo‗zg‗aluvchanligi asta-sekin tiklanadi. Bu 
barcha neyronlar uchun xos bo‗lgan xossadir, ya‘ni ular yengillashtiruvchi 
impulslarni 
manbaini 
yo‗qotganidan 
so‗ng 
o‗zining 
shaxsiy 
tabiiy 
qo‗zg‗aluvchanligini oshiradi va shu yo‗l bilan yo‗qotganini o‗rnini to‗ldiradi. 
Ko‗plab noprimatlarda orqa miya markazlarining normaga qaytishi uchun bir necha 


62 
soatdan bir necha sutkagacha kerak bo‗ladi. Biroq odamda tiklanish bir necha haftaga 
cho‗ziladi, ba‘zida esa tiklanmaydi. Boshqa hollarda esa, aksincha, haddan ortiq 
tiklanadi va buning natijasida orqa miyaning qisman yoki barcha funksiyalari 
ortiqcha qo‗zg‗algan holatda bo‗ladi. Quyida spinal funksiyalardan ayrimlarini, 
ayniqsa spinal karaxtlik vaqtida yoki undan keyin aziyat chekadiganlarning, sanab 
o‗tamiz:
1. Spinal karaxtlik boshlanganda darhol va ancha sezilarli darajada arterial 
bosim tushib ketadi (40 mm sim. ust.gacha). Bu simpatik asab tizimining faolligini 
deyarli to‗liq bloklanganligini ko‗rsatadi. Bosim odatda bir necha kun ichida normaga 
qaytadi (hattoki odamda ham).
2. Orqa miyada birlashgan skelet mushaklarining barcha reflekslari 
karaxtlikning birinchi bosqichida bloklanadi. Ushbu reflekslarni hayvonlarda 
tiklanish uchun bir necha soatdan bir necha kungacha; odamlar uchun - 2 haftadan 
bir necha oy talab qilinadi. Hayvonlarda ham, odamlarda ham ayrim reflekslar oxir-
oqibatda o‗ta qo‗zg‗aluvchan bo‗lib qoladi, ayniqsa, bosh va orqa miya yo‗llarining 
asosiy qismi kesilganda ayrim yengillashtiruvchi yo‗llar saqlab qolingan bo‗lsa.
Birinchi bo‗lib cho‗zilish reflekslari tiklanadi, keyinchalik asta-sekin murakkabroq 
reflekslar: bukish, antigravitasion pozali va qisman qadam tashlash reflekslari 
tegishli tartibda tiklanadi.
3. Siydik pufagi va to‗g‗ri ichakning bo‗shashini nazorat qiladigan orqa 
miyaning dumg‗aza bo‗limi reflekslari orqa miya kesilganidan so‗ng birinchi hafta 
mobaynida bo‗lmaydi, lekin ko‗p hollarda ular tiklanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin