Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik
Oyoq–qo‘l reflekslari. Bularni 4 ta guruhga birlashtiriladi: 1)
bukuvchi, 2) rostlovchi, 3) ritmik va 4)
pozali-tonusli .
Bukuvchi reflekslar
fazali va
tonusli reflekslarga bo‗linadi.
Fazali reflekslar — bu teri yoki proprioreseptorlarni bir marta qo‗zg‗atilganda
oyoq-qo‗lni bukishdir. Bukuvchi-mushaklarning motoneyronlari qo‗zg‗alishi bilan
bir vaqtda rostlovchi-mushaklari resiprok tormozlanadi. Teri reseptorlaridan hosil
bo‗ladigan reflekslar polisinaptik hisoblanadi va ular himoya vazifasini bajaradi.
Masalan, ilgakka ilingan spinal baqa sulfat kislotaning kuchsiz eritmasiga solinsa
yoki oyog‗i pinset bilan chimchilansa uning tizza bo‗g‗imi bukiladi va oyog‗ini tortib
oladi, kuchliroq qo‗zg‗atilsa tos-bel sohasi ham tortiladi. Proprioreseptorlardan hosil
bo‗ladigan reflekslar monosinaptik va polisinaptik bo‗ladi, masalan, bo‗yinning
pozali-tonusli reflekslari, proprioreseptorlardan bo‗ladigan tos reflekslari yurish
aktini bajarishda qatnashadi. Fazali bukish yoki harakat refekslarining qandayligiga
qarab MAT ni qanchalik qo‗zg‗alganligi va buzilganligini bilish mumkin. Bukish
reflekslari ham, rostlash reflekslari ham mushaklar uzoq vaqt cho‗zilganda paydo
bo‗ladi, ularning asosiy mohiyati pozani ushlab turishdadir. Skelet mushaklarining
tonusli qisqarishi mushaklarning tabiiy isqarishi yordamida amalga oshiriladigan
barcha harakat aktlarini bajarish uchun fon hisoblanadi. Klinikada bir nechta fazaviy
bukish reflekslari tekshiriladi: tirsak va Axill (proprioseptiv reflekslar), tovon (teri
refleksi). Tirsak refleksida tirsak bo‗g‗imidan qo‗l bukiladi, buning uchun payga
bolg‗acha bilan uriladi (refleksni chaqirish uchun qo‗l ozgina bukilgan bo‗lishi
lozim), uning yoyi orqa miyaning 5-6-bo‗yin segmentida tutashadi (20-rasm).
Axillov refleksida boldirning 3 boshli mushagi qisqarishi hisobiga tovon bukiladi
(21-rasm).