G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

Qizil yadroli-orqa miyali 
(rubrospinal) yo‘l 
po‗stloqdan oyoq-qo‗llarning ixtiyorsiz harakatlari, avvalo bukish 
bilan bog‗liq bo‗lgan ixtiyoriy harakatlanish impulslarini o‗tkazadi. 
Lateral 
va
 
oldingi kortikospinal 
(to‗g‗ri va kesib o‗tgan piramidali) 
yo‘llar 
impulslarni bosh 
miya po‗stlog‗idan orqa miyaning oldingi shoxlarining harakat neyronlariga va yon 
shoxlarning neyronlariga uzatadi. 
Qopqoqli-orqa miyali yo‘l 
o‗rta miya 
qopqog‗ining yuqori va pastki bo‗rtig‗idan boshlanadi va oldingi shoxarning 
hujayralarida tugaydi.U orientirlovchi reaksiyani ishga tushirishda qatnashadi. 
Kiraverish-orqa miya 
(vestibulospinal) yo‗l ko‗prikning vestibulyar yadrolaridan 
orqa miyaning oldingi shoxlariga keladi va tana muvozanatini, xususan, oyoq-
qo‗llarning yoyilishini ta'minlaydigan impulslarni uzatadi. 
Retikula-spinal yo‘l 
uzunchoq miya va ko‗prikning retikulyar yadrolaridan keladi. Ushbu yo‗l tananing 
ixtiyorsiz harakatlari va lokomosiyaning (makonda ko‗chib yurish) ishga tushirilishi 
bilan bog‗liq.
Reflektor vazifasi 
orqa miyada bir qator harakat reflekslarini amalga 
oshiradigan, masalan, pay, tana holatining reflekslari kabi, tana, oyoq-qo‗l va bo‗yin, 
muskulaturasining reflektor markazlari borligidadir. Bu yerda vegetativ asab 


56 
tizimining ko‗plab markazlari: tomirlarni harakatlantiruvchi, ter ajratish, siydik 
ajratish, defekasiya, jinsiy a‘zolarning faoliyatining markazlari ham joylashgan. Orqa 
miyaning barcha reflekslarini bosh miyaning turli bo‗limlaridan pastga tushuvchi 
yo‗llar orqali keladigan impulslar nazorat qiladi.
Orqa miya reflekslari
 spinal reflekslar 
deyiladi va ular: 
– oldingi shoxlarning alfa-motoneyronlari amalga oshiradigan 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin