60
Ritmik reflekslar — oyoq-qo‗llarni ko‗p marotaba bukish va rostlash. Bunga
baqaning artinish refleksi, itning qashish va qadam tashlash reflekslari misol bo‗ladi.
Artinish refleksining mohiyati shundaki, spinal baqaning bel terisiga kislota surtilsa
u bir necha bor o‗sha yerni ishqalaydi, ya‘ni uni olib tashlashga harakat qiladi. It
tanasining terisi kuchsiz qo‗zg‗atilsa u orqa oyog‗i bilan ana shu uchastkani
qashiydi. Qashish refleksi — baqaning artinish refleksining analogi. Spinal it tasma
yordamida stanokka osib qo‗yilsa u qadam tashlaydi – qadam tashlash refleksi.
Qorin reflekslari (yuqori, o‗rta va pastki) ni chaqirish uchun qorin terisi shtrixli
qo‗zg‗atiladi, qorin devori muskulaturasining tegishli uchastkalari qisqaradi. Bular
himoya reflekslari. Yuqori qorin refleksini chaqirish uchun pastki qovurg‗alarga
parallel qilib bevosita ularning tagidan qo‗zg‗atiladi, refleks yoyi orqa miyaning
ko‗krak segmentlari darajasida tutashadi. O‗rta qorin refleksi uchun kindik atrofi
(gorizontal) qo‗zg‗atiladi, refleks yoyi o‗z darajasida tutashadi. Pastki qorin refleksi
uchun chov burmasi parallel (yonida) qilib qo‗zg‗atiladi.
Dostları ilə paylaş: