G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Miya yarim sharlarning motor sohalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

Miya yarim sharlarning motor sohalari
. Miya po‗stlog‗iga elektr toki ta‘sir 
qilinganda, aniq harakatlarni vujudga keltiruvchi sohalar ajralib turadi. Bu sohalar 
odam miyasi po‗stlog‗ining markaz oldi pushtasida joylashgan. Bundan boshqa, 
po‗stlog‗ining medial yuzasida qo‗shimcha harakatlantiruvchi soha ham bor. Harakat 
sohalarining muayyan nuqtalari ta‘sirlanganda muayyan mushaklar qisqaradi. Buni 4- 
maydonga elektr toki ta‘sir qilinganda aniq bilish mumkin. 4- maydonning 5-qavatida 


89 
juda katta piramidal hujayralar (gigant piramidal hujayralar) joylashgan. Bu 
neyronlarning aksonlari orqa miyaning kaudal segmentlarigacha tushadi va orqa 
motoneyronlarida qo‗zg‗atuvchi sinapslar hosil qiladi. 4-maydon yoki pastga 
tushuvchi piramida yo‗li shikastlanganda qo‗l barmoqlari nafis va aniq harakatlar qila 
olmaydi, ixtiyoriy harakatlar qiyinlashadi. Bulardan tashqari, boshqa mushak 
guruhlarida ham harakatlar o‗zgarishi mumkin.
Gigant piramidal neyronlarning aksonlari qizil yadro va to‗rsimon formasiyaga 
ham borib to‗xtaydi va bu aksonlar orqali kelgan efferent impulslar qizil yadro va 
retikulyar formasiya neyronlariga ta‘sir qilib, harakatlarni boshqarishda ishtirok etadi. 
Po‗stloqning motor sohalariga sensor ma‘lumotlar ham kirib keladi. Bu 
impulslarning asosiy qismi mushak va qon tomirlarda vujudga keladi va shu sababli 
ularni 
motosensor sohalar
ham deb ataladi. 
Miya po‘stlog‘idagi elektr hodisalar.
Po‗stloq neyronlarning biofizik hossalari 
orqa miyadagi motoneyronlarnikidan farq qilmaydi. Masalan, mushuk miya 
po‗stlog‗ining harakatlantiruvchi sohasidagi piramidal hujayralarning tinchlik 
potensiali – 60–80 mV bo‗ladi, harakat potensiali esa 0,5-2 ms davom etib, 60–100 
mVni tashkil qiladi. Po‗stloq hujayralarida ham qo‗zg‗alish oldin akson tepaligi 
sohasida paydo bo‗lib, keyinroq akson va dendritlarga tarqaladi. 
Po‗stloq neyronlarining faolligi orqa miya neyronlarnikidan farq qiladi. 
Qo‗zg‗atuvchi postsinaptik potensiallar po‗stloq neyronlarida 20-30 ms davom etadi. 
Tormozlovchi postsinaptik potensiallarning davomiyligi undan ham ko‗proq, ya‘ni 
70-150 msni tashkil qiladi. Orqa miya motoneyronlarida bu jarayonlar tezroq – 
qo‗zg‗atuvchi postsinaptik potensiallar - 10-15 ms da tormozlovchi postsinaptik 
potensiallari 10-12 ms da yuzaga chiqadi. 
Po‗stloq neyronlari o‗z-o‗zidan qo‗zg‗alib turish qobiliyatiga ega. Bedor 
hayvonlarda ularning o‗z-o‗zicha faollik ko‗rsatish soni past, ya‘ni 10 Gs dan 
oshmaydi. Bu elektrik faollik bevosita po‗stloq yuzasidan yoki boshni qoplab turgan 
teri yuzasida qayd qilinib, tekshiriladi.
Miya po‗stlog‗ining elektr faolligini bosh yuzasidan aniqlab olish imkonini 


90 
beruvchi 
usulni 
elektroenselografiya, 
yozib 
olingan 
egri 
chiziqni 
esa 
elektroensefalogramma (EEG) deb aytiladi. EEG tahlil qilinganda yozib olingan 
elektr tebranishlarni chastotasi, amplitudasi, shakli va davomiyligi hisobga olinadi. 
Ko‗zlari yumilgan va xotirjam o‗tirgan katta yoshli odamlarda EEGning asosiy α-
ritmi kuzatiladi. Bu ritmni chastotasi o‗rtacha 10 Gs (8-13 Gs) ni tashkil qiladi va uni 
sinxronlashgan EEG deb aytiladi. Ko‗zlar ochilsa yoki boshqa a‘zolardan miyaga 
signallar kelsa, aqliy faoliyat boshlansa α-ritm yo‗qolib, β-ritm paydo bo‗ladi. β-
ritmni tashkil qiluvchi to‗lqinlar chastotasi ko‗proq, ya‘ni 14-30 Gs ni (o‗rtacha 20 
Gs), tashkil qiladi, amplitudasi esa pastroq bo‗ladi. α-ritm yo‗qolib, β-ritmni paydo 
bo‗lishini EEGning 
desinxronlashishi 
deb ataladi. Agar katta yoshli odam uxlab 
yotgan bo‗lsa, teta - ritm va delta-ritmdagi EEG qayd qilinadi. Teta - ritm chastotasi 
4-7 Gs, delta-ritmniki 0,5-3,5 Gs ni tashkil qiladi, to‗lqinlar amplitudasi ancha 
yuqori, ya‘ni 100 mkV dan 300 mkV gacha bo‗lishi mumkin. Demak, EEG dagi 
to‗lqinlar chastotasiga qarab po‗stloqning faolligi to‗g‗risida axborot olish mumkin. 
Yarim sharlar po‗stlog‗i faoliyatini o‗rganishda yuzaga chiqarilgan 
potensiallarni yozib olish usuli ham samaralidir. Reseptorlar, periferik asablar va 
sensor signallarni o‗tkazuvchi boshqa tuzilmalarni ta‘sirlangandan so‗ng po‗stloq 
yuzasida qayd qilinadigan elektr reaksiyasini 
yuzaga chiqarilgan potensial
deb 
ataladi. Bu usul yordamida miyaning turli tuzilmalariga axborot o‗tkazuvchi 
yo‗llarini va ta‘sirotni qabul qiluvchi sezgir tizimlarning po‗stloqdagi manzilini aniq 
tekshirish mumkin. 
Ma‘lum reseptiv sohadan yoki afferent yo‗ldan kelgan impulslarni bevosita 
tahlil qiladigan po‗stloq sohasida yuzaga chiqadigan potensiallar amplitudasi eng 
yuqori bo‗ladi. Bu sohadan qancha uzoqlashilsa, ana shunchalik potensiallar kuchi 
kamayadi va latent davri ortadi. Afferent impulslarini bevosita tahlil qiluvchi 
sohalarda yakka rag‗bat yuzaga chiqargan potensial 
birlamchi javob
, deb ataladi. 
Chin birlamchi javob amplitudasi 400 - 600 mkV ni tashkil qilib, ikkita bosqichga 
bo‗linadi, avval 10-12 ms davom etgan musbat tebranish qayd qilinadi, so‗ngra 10-20 
ms davomida manfiy tebranish ro‗y beradi. Birlamchi javob chegaralangan jarayon 


91 
bo‗lib, faqat proeksion sohaning o‗zidagina qayd qilinadi. Uning ana shu 
xususiyatidan foydalanib, po‗stloqdagi proeksion sohalar manzili bexato topib 
olinadi. Birlamchi javobning boshlang‗ich musbat qismi piramida hujayralar tanasi 
va asosidagi dendritlarda hosil bo‗ladigan sinaptik potensiallar yig‗indisidir. Manfiy 
bosqich neyronlar uchidagi dendritlarning faollanishiga bog‗liq. Birlamchi javoblar 
uchun qisqa latent davridan boshqa, yuqori ritmda (1 soniyada 120 marta) yuzaga 
chiqish va narkozga sezgirlik xosdir. Ikkilamchi javoblar o‗zgaruvchan bo‗lib, ularni 
paydo qilgan impulslar tezligi bir soniyada 5 dan yuqori bo‗lsa, narkoz berilganda 
yo‗qolib ketadi. Ikkilamchi javoblar qo‗zg‗alishni birlamchi proeksion sohadan yon 
atrofdagi assosiativ sohalarga o‗tkazilishi bilan bog‗liq.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin