G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


 Katta yarim sharlar po‘stlog‘i hujayralarining tuzilishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

2.10. Katta yarim sharlar po‘stlog‘i hujayralarining tuzilishi 
Katta yarim sharlar bosh miyaning 80%ini tashkil qiladi. Katta yarim sharlar 
po‗stlog‗i 5 mm gacha qalinlikdagi kulrang modda qatlamidan tashkil topgan.
Neyronlar po‗stloqning hamma yerida ham tekis taqsimlanmaganligi uchun ham 
po‗stloq 
sitoarxitektonikasi
ajratiladi. Birmuncha bir xil tuzilishga ega bo‗lgan 
neyronlar alohida qatlam ko‗rinishida joylashadi.
Qadimiy, eski va yangi po‗stloq qismlarga bo‗linadi. Qadimiy po‗stloqqa hidlov 
miya, eski po‗stloqqa – gippokamp, yangi po‗stloqqa esa qolgan hamma sohalar 


84 
kiradi (33-rasm).
Neyronlarning tanasi 6 qavatdan iborat (34-rasm). Qavatlarning qalinligi, 
ularning chegaralanishi, yangi po‗stloqning turli bo‗limlarida hujayralarning kattaligi, 
miqdori o‗zgarib turadi.
33-rasm. Odam miyasining yangi, qadimgi, eski po‘stloqlarining nisbati: 
1 - katta yarim sharlar, 2 - miyacha, 3 - uzunchoq miya, 4 - qadoqsimon tana, 5 - 
ko‗rish bo‗rtiqlari, 6 - hid bilish piyozchasi, 7 - ko‗rish asabi, 8 - gipotalamus sohasi, 
9 – gipofiz.
gorizontal shtrix - yangi po‗stloq; egri katak - qadimgi; vertikal - eski; to‗g‗ri 
katak - arqoqaro po‗stloq; punktir - vegetativ tuzilmalar. 
 
 
34-rasm. Bosh miya po‘stlog‘i qavatlarining 
yarim sxematik tasviri: 
Chapda – neyronlarning asosiy tiplari, o‗rtada –
neyronlarning tanasi, o‗ngda – tolalarning umumiy 
joylashishi 
Birinchisi
- po‗stloqning eng yuza molekulyar qavati. Bu qavatda mayda 


85 
multipolyar assosiativ neyronlar va ko‗plab tolalar, ya‘ni pastki qatlamlardagi 
neyronlarning o‗simtalari joylashgan.
Ikkinchisi
- tashqi donali qavat, xilma-xil shakldagi mayda asab hujayralaridan 
tashkil topgan. Hujayralarning miqdori birinchi yuza qavatga nisbatan ko‗proq 
bo‗lgani uchun donador bo‗lib ko‗rinadi. Hujayralar
mayda piramida ko‗rinishida bo‗lib yulduzsimon va birozgina tomrozlovchi 
neyronlardan tashkil topgan. 
Uchinchisi 
– eng qalin qavat bo‗lib, o‗rta piramida qavatning hujayralar asosan 
o‗rtacha razmerli piramidasimon neyronlardan tashkil topgan. Uncha ko‗p bo‗lmagan 
tormozlovchi neyronlari ham bor. Piramidaga o‗xshamaydigan hujayralar ko‗p 
bo‗lmaganligi sababli qo‗shni qavatlarga nisbatan hujayralarning miqdori kamroq. 
To‘rtinchisi
- ichki donador qavat asosan uncha katta bo‗lmagan yulduzsimon 
neyronlar (qo‗zg‗atuvchi) - hujayralardan tashkil topgan. Bu yerda gorizontal 
yo‗nalgan mielinli asab tolalari ko‗proq joylashgan. 
Beshinchi
- ganglioz qavatning asosiy hujayralari – yirik piramida 
hujayralaridan tashkil topgan. Qavatning markaziy jo‗yagida yirik (gigant) 
piramidasimon hujayralar (Bets hujayralari) joylashgan. Bu hujayralarning aksonlari 
orqa miyaning motoneyronlariga boradigan vertikal (proeksion) piramida yo‗lini 
hosil qiladi. Undan tashqari bu qavatda ko‗plab gorizontal asab tolalari va birozgina 
tormozlovchi neyronlar ham joylashgan.
Oltinchi
– polimorf hujayralar qavati miyaning oq moddasiga yopishib turadi. 
Uning hujayralari tarkibi har xil. Qavatning tashqi yuzasi mayda piramidasimon 
hujayralardan va har xil shakldagi tormozlovchi neyronlardan iborat. Bu qavat ikkiga 
- uchburchaksimon hujayralardan tashkil topgan tashqi qavat va duksimon 
hujayralardan tashkil topgan ichki qavatga bo‗linadi.
Qavatlar bo‗ylab uch xil tipdagi hujayralar, ya‘ni piramidasimon neyronlar I va 
IV qavatlardan tashqari barcha qavatlarda, tormozlovchi neyronlar IV qavatdan 
tashqari barcha qavatlarda joylashgan bo‗lsa, qo‗zg‗atuvchi (yulduzsimon) neyronlar 
faqat II va IV qavatlardagina to‗plangan. Po‗stloqni hamma qismini neyron 


86 
tuzilishida umumiylik bo‗lgani bilan neyronlar soni va o‗lchovida, qavatlardagi 
tolalar yo‗nalishi va tarqalishida sezilarli farqlar bor. Shu asosda bosh miya 
po‗stlog‗ining «haritasi» tuzilgan bo‗lib, Brodman bo‗yicha maydonlarga ajratiladi 
(35-rasm).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin