G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

Gipotalamus
. Gipotalamik sohaga quyidagilar kiradi: ko‗ruv asablarining 
kesishgan xochlari, gipofiz boshlanadigan voronka, kulrang do‗ngcha va kaudal 


80 
joylashgan yelinsimon tanalar. Ushbu barcha sohalarda ko‗p sonli yadrolar (sut 
emizuvchilarda 32 juft) joylashgan bo‗lib, ularni bir necha guruhlarga ajratish 
mumkin: preoptik oldingi, o‗rta, tashqi va orqa. 
Kulrang do‗ngcha III me‘dacha pastki devorining toq tola o‗simtasi 
ko‗rinishida bo‗lib, kulrang moddaning yupqa plastinkasidan iborat. Do‗ngchaning 
ustki qismi ingichka ichi bo‗sh voronkasimon cho‗zilgan bo‗lib, uning yakunlangan 
uchida turkiy egarning chuqurida yotgan gipofiz joylashgan. Kulrang do‗ngchada kul 
rang moddaning yadrolari joylashgan bo‗lib, ular yuksak vegetativ markazlar 
hisoblanadi va xususan moddalar almashinuvi hamda issiqlikni boshqarishga ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
Ko‗ruv xochi kulrang do‗ngchaning oldida yotadi, ko‗ruv asablarining 
kesishgan joyida hosil bo‗ladi.
Yelinsimon tana – ikkita, uchta katta bo‗lmagan, oq rangdagi, noto‗g‗ri shar 
shaklidagi do‗ngchalar bo‗lib, o‗rta miyaning yon tomonlarida simmetrik ravishda 
yotadi. Oq modda qatlami yuzasining tagida har bir tananing ichida ikkita kul rang 
yadro joylashgan. yelinsimon tana barcha funksiyasi bo‗yicha po‗stloqosti hid bilish 
markazalariga mansub. 
Ketingi gipotalamik soha – miya moddasining uncha katta bo‗lmagan 
uchastkasi bo‗lib, talamus tagida joylashgan. Unda, qora substansiyadan lateralroq, 
oraliq miyaga mansub bo‗lgan oval tana yotadi. U, ekstrapiramidali tizimning 
bo‗g‗inlaridan biri bo‗lib, vegetativ funksiyalarni ham bajaradi deb hisoblanadi. 
Gipotalamus alohida sohalarining funksional mohiyati turlichadir (32-rasm). 
Gipotalamus yadrolari shikastlangan yoki qo‗zg‗algan paytda o‗ta har xil samaralar 
yuzaga keladi, lekin ularning barchasi, u yoki bu darajada organizmning vegetativ 
sohasi bilan bog‗liq. Ko‗rinib turibdiki, gipotalamusda vegetativ funksiyalarni 
integrasiyalovchi yuksak markaz joylashgan bo‗lib, bu funksiyalar keyinchalik, 
vegetativ asab tizimining parasimpatik va simpatik bo‗limlari tomonidan 
boshqariladi. Tana haroratini boshqarish mexanizmlari gipotalamik yadrolariga 
bo‗ysinadi, bunda ularning ba‘zilari issiqlik ajratish jarayonini, ikkinchilari esa – 


81 
issiqlik ishlab chiqarish jarayonini boshqaradi. Gipotalamik neyronlarni ularga oqib 
keladigan qonning haroratiga sezuvchanligi muhim fakt hisoblanadi. Harorat 
o‗zgargan paytda ushbu neyronlarning fonli faoliyati ham o‗zgaradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin