G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


-rasm. Uchinchi qorincha orqali gipotalamusning yadro sohasini sagittal



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

32-rasm. Uchinchi qorincha orqali gipotalamusning yadro sohasini sagittal 
kesmasi sxemasi 
(R.F.Schmidt, G.Thews, 1983). 
1- preoptik yadro (preoptik soha); 2- paraventrikulyar yadro; 3- supraoptik yadro; 4- 
Oldingi yadro (oldingi soha); 5- infundibulyar yadro; 6- ventromedial yadro; 7- 
dorsomedial yadro; 8- orqa yadro (orqa soha). 
Organizmning chanqoq, ochlik va jinsiy ehtiyojlariga yo‗naltirilgan bir qator 
murakkab reaksiyalari gipotalamik soha bilan bog‗liq. Uyqu va bedorlikni navbat 
bilan almashishi ham shu soha bilan bog‗liq. Shunday qilib, gipotalamus, oldingi 
miyaning boshqa strukturalari bilan birgalikda organizmning biologik reaksiyalarini 
ta‘minlovchi hulq-atvor shakllarini yaratishda juda muhim rol o‗ynaydi. 
III me‘dacha miyaning o‗rta chizig‗ida va frontal kesimida joylashgan bo‗lib, 
vertikal tor tirqish ko‗rinishiga ega. Uning yon devorlari talamusning medial 


82 
yuzalaridan hosil bo‗lgan. Me‘dacha oldingi devorining tag qismini yupqa plastinka, 
undan keyin teparog‗ini – ko‗ndalang yotgan oq rangli oldingi spaykasi bo‗lgan svod 
ustunchalari tashkil etadi. Me‘dachaning oldingi devorlari, yon tomonlarida, 
svod 
ustunchalari talamusning oldingi uchlari bilan birgalikda me‘dachalararo teshiklarni 
chegaralaydi. Bu teshiklar, III me‘dacha bo‗shlig‗ini oxirgi miya yarim sharlarida 
yotgan yon me‘dachalar bilan bog‗lab turadi. III me‘dachaning yuqorigi devori 
svod
va qadoqsimon tana ostida yotadi. III me‘dachaning pastki, tor devori yon 
devorlaridan 
ichki 
tomonidan 
pushtalar 
bilan 
chegaralangan. Me‘dacha 
bo‗shlig‗ining tubi sohasida ikkita botiq hosil bo‗ladi: uning bittasi kulrang do‗ngcha 
va voronkaga olib boradi; ikkinchisi esa – xiazma oldida yotadi. Me‘dacha 
devorining ichki yuzasi ependima bilan qoplangan.
Miyaning ko‗rib chiqilgan rombsimon (miyachadan tashqari) o‗rta va oraliq 
bo‗limlari birgalikda miya ustuniga birlashadi. Klinika xodimlari, ayrim hollarda, 
miya ustuni tarkibiga ketingi va o‗rta miyani kirtishadi. Miya ustuni filogenetik 
jihatdan ancha eski hosila bo‗lib, tuzilishi va funksiyasi bo‗yicha bosh miyaning 
nisbatan yosh qismi bo‗lgan oxirgi miyadan ancha sezilarli farq qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin