G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

2.9. Oxirgi miya 
Yuqorida aytilganidek, oxirgi miya ikkita yarim sharlardan iborat. Har bitta 
yarim sharlar tarkibiga plash yoki mantiya, hid bilish miyasi va bazal yadrolar kiradi. 
Oxirgi miya ikkala pufagi birlamchi bo‗shliqlarining qoldig‗i bo‗lib, yon me‘dachalar 
hisoblanadi. Oldingi miyadan ajralib chiqadigan oxirgi miya oldin hid bilish reseptori 
(hid bilish miyasi) bilan bog‗liq holda paydo bo‗lgan, keyinchalik u, hayvon xulq-
atvorini boshqaruvchi a‘zo sifatida shakllangan. Unda, turga xos reaksiyalarga 
(shartsiz reflekslar) asoslangan – po‗stloqosti yadrolar va individual xulq-atvor 
markazlari, individual tajribaga (shartli reflekslar) asoslangan – bosh miya po‗stlog‗i 
kabi instinktiv xulq-atvor markazlari paydo bo‗ladi. Bunga mos ravishda, oxirgi 
miyada tarixiy rivojlanish tartibida quyidagi markazlar guruhi farqlanadi: 
1.
Hid bilish miyasi – eng qadimgi va shu bilan birga, ventral joylashgan eng 
kichkina qismi. 


83 
2.
Yarim sharlarning bazal yoki markaziy yadrolar «po‗stloqosti‖ – ichkari 
qatlamda yashiringan oxirgi miyaning eski qismi. 
Po‗stloqning kulrang moddasi – eng yosh qismi va shu bilan birga, eng katta 
qismi. U, qolgan qismlarni plash bilan yopib turganday turadi va shu tufayli plash 
yoki mantiya deb nomlanadi. Hayvonlar uchun ko‗rsatilgan xulq-atvorning ikkita 
shaklidan tashqari, odamda uning uchinchi shakli paydo bo‗lgan – jamoa xulq-atvori. 
U, odamning mehnat faoliyati jarayonida va ularning nutq yordamidagi muloqatida 
yaratiladigan odamlar jamoasining tajribasiga asoslangan. Xulq-atvorning ushbu 
shakli, borliqning ikkinchi signal tizimi (nutq) deb nomlanadigan moddiy substratni 
tashkil qiluvchi miya po‗stlog‗ining eng yosh ustki qatlamlarlarini rivojlanishi bilan 
bog‗liq (I.P.Pavlov). Evolyusiya jarayonida markaziy asab tizimining barcha 
bo‗limlari ichida eng tez va kuchli ravishda oxirgi miya o‗sganligi tufayli, u, odam 
bosh miyasining eng katta qismi bo‗lib qolgan va ikkita katta hajmdagi yarim sharlar 
(o‗ng va chap) ko‗rinishiga ega. Miya ko‗ndalang tirqishining chuqurligida ikkala 
yarim sharlar, o‗zaro, qalin gorizontal plastinka – qadoqsimon tana bilan birlashgan. 
Ushbu qadoqqsimon tana bitta yarim shardan ikkinchisiga ko‗ndalang boradigan 
asab tolalaridan iborat. Qadoqsimon tananing tagida ikkita yoysimon oq rangli iplar 
ko‗rinishidagi svod joylashgan. Ushbu tyajlar o‗zaro bog‗langan, oldingi va orqa 
tomonlari bir-biridan ajralib, oldingi tomonida 
svod 
ustunini va orqasida – 
svod 
oyoqchalari hosil qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin