G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


IV BOB. KATTA YARIM SHARLAR PO‘STLOG‘INING SHARTLI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

IV BOB. KATTA YARIM SHARLAR PO‘STLOG‘INING SHARTLI 
REFLEKTOR FAOLIYATI 
4.1. Refleks tushunchasi 
Markaziy asab tizimi faoliyatining asosiy va o‗ziga xos belgisi reflektor aktlarni 
yoki reflekslarni yuzaga chiqarishdir. I.P.Pavlov bu haqda quyidagilarni yozgan edi: 
«Murakkab organizm hayotida refleks eng muhim va eng ko‗p uchraydigan asab 
hodisasidir. Organizm qismlarining doimiy, to‗g‗ri va aniq o‗zaro nisbati va butun 
organizmning tevarak-atrofdagi sharoitga munosabati refleks yordamida qaror 
topadi». 
Refleks 
— tashqi yoki ichki muhit o‗zgarganda reseptorlarning ta‘sirlanishiga 
javoban organizmning markaziy asab tizimi yordamida ko‗rsatadigan qonuniy 
reaksiyasidir. Reflekslar organizm biron faoliyatining maydonga kelishi yoki 
to‗xtashida: mushaklarning qisqarishi yoki bo‗shashuvida, bezlar sekresiyasida yoki 
sekresiyaning to‗xtashida, tomirlarning torayishi yoki kengayishida va shunga 
o‗xshashlarda namoyon bo‗ladi. 
Organizm reflektor faoliyat tufayli tashqi muhitning yoki o‗z ichki holatining 
turli o‗zgarishlariga tez reaksiya ko‗rsata oladi va shu o‗zgarishlarga tez moslasha 
oladi. Umurtqali hayvonlarda markaziy asab tizimi reflektor faoliyatining ahamiyati 
shu qadar kattaki, bu faoliyat qisman yo‗qolganda ham (asab tizimining ayrim 
bo‗laklari operasiyada olib tashlanganda yoki kasallanganda) ko‗pincha chuqur 
invalidlik ro‗y berib, doimo sinchiklab parvarish qilinmagan taqdirda zarur hayotiy 
funksiyalarni yuzaga chiqarib bo‗lmaydi. 
Markaziy asab tizimi reflektor faoliyatining ahamiyati I.M. Sechenov va I.P. 


112 
Pavlovning klassik asarlarida to‗liq ochib berilgan. I.M. Sechenov 1862 yildayoq 
«Bosh miya reflekslari» nomli shox asarida: «Ongli va ongsiz hayotning hamma 
aktlari kelib chiqish usuli jihatidan reflekslardir», degan edi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin