G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Avtonom asab tizimining reflektor faoliyati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

3.4. Avtonom asab tizimining reflektor faoliyati 
Avtonom markazlarga aloqador reseptorlarni ta‘sirlanishini vissero–visseral, 
visserosomatik, visserosensor va akson–reflekslar yuzaga chiqarishi mumkin. 
Vissero

visseral reflekslar
ichki a‘zolardagi reseptorlarning qo‗zg‗alishi 
natijasi bo‗lib, boshqa bir ichki a‘zo faoliyatiga ma‘lum o‗zgarish paydo qiladi. Ular, 
ichki a‘zolarda qo‗zg‗alishning paydo bo‗ladigan va tugaydigan yo‗llarini o‗z ichiga 
oladi. Bu holda, effektor o‗z faoliyatini kuchaytirishi yoki tormozlashi bilan javob 
berish qobiliyatiga ega. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun, avtonom asab 
tizimi tugunlariga kelib tushadigan mahalliy reflektor yoylar xos hisoblanadi (40-
rasm). 
40-rasm. Spinal vegetativ reflektor yoyning sxemasi 
(
Ranson, Clark, The 
Anatomy of the Nervous System, Saunders, 1959).
 


107 
Vissero

visseral refleksga
:
Gols refleksi, mushaklar tonusining bo‗shashishi, 
me‘da–ichak yo‗li reseptorlari ta‘sirlangan paytda ko‗z qorachig‗ining torayishi, 
nafas olish jadalligini, qon bosimi darajasini va yurak urishi chastotasini 
o‗zgarishlari misol bo‗ladi. 
Akson

refleks
deb, qo‗zg‗alishning neyron tanasi ishtirokisiz, aksonning bir 
shoxidan ikkinchi shoxiga o‗tishi natijasida ro‗yobga chiqadigan reaksiyalarga 
aytiladi. Bu hodisani somatik va avtonom efferent neyronlarning shoxlarida kuzatish 
mumkin. Akson–refleksni yuzaga chiqish jarayonida, aksonning bir shoxida paydo 
bo‗lgan qo‗zg‗alish (tola ikki tomonlama o‗tkazish qobiliyatiga ega bo‗lganidan) 
markazga intilib boshqa shoxga o‗tadi va markazdan qochish yo‗nalishida effektorga 
yetib, uni ishga soladi. Masalan, orqa miya bilan aloqasi uzilgan me‘da osti asabining 
markaziy uchi ta‘sirlansa, qovuq mushaklari qisqaradi.
Akson–refleksning ahamiyati uncha aniq bo‗lmasa ham, ularga o‗xshagan 
periferik reflekslar ichki a‘zolar faoliyatini boshqarishda katta rol o‗ynaydi. Bu 
reflekslar chin reflektor yoyga ega – uning reseptori, afferent neyroni, oraliq neyroni, 
efferent neyroni va effektori bor. Faqat afferent neyron efferent neyron bilan (odatda, 
oraliq neyron ishtirokida) markaziy asab tizimida emas, balki periferik tugunda 
tutashadi. Bu tugunni markaziy asab tizimi bilan bog‗lab turuvchi ganglionaroldi 
tolalar kesilsa ham periferik refleks shikastlanmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin