G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

3.1. Simpatik asab tizimi 
Simpatik asab tizimi tuzilishi bo‗yicha markaziy (orqa miyada joylashgan) va 
periferik (ko‗p sonli shoxlar va tugunchalarni o‗z ichiga olgan) qismlardan iborat. 
Uning markaziy qismi bo‗lib, orqa miya kulrang moddasining yon shoxlarida 
joylashgan simpatik yadro hisoblanadi. Bu yadro birinchi ko‗krak segmentidan 
boshlanib, bel segmentlarigacha tushadi va avtonom asab tizimining torako–lyumbal 
bo‗limini tashkil qiladi. Simpatik tolalar, bu markazdan, tegishli orqa miya 
segmentlarining oldingi ildizlari orqali orqa miya neyronlarining o‗simtalari bilan 
birga chiqadi. Simpatik yadro ancha kichik multipolyar hujayralardan tuzilgan, bu 
neyronlarning dendritlari orqa miyaning o‗zida tarqaladi. Preganglionar tolalar deb 
ataladigan ingichka mielinli aksonlar orqa miyadan chiqib, umurtqaoldi 
(paravertibral) yoki umurtqadan oldingi (prevertebral) tugunlarda tugaydi. Bu 
aksonlardan qo‗zg‗alishni o‗tish tezligi 20 
ms
dan oshmaydi. 
Periferik qismini simpatik tugunlar va ularga aloqador afferent va efferent 
tolalar tashkil qiladi. Umurtqaoldi tugunlar, bosh chanog‗i asosidan, to 
dumg‗azagacha tushgan, umurtqaning ikki yonida yotuvchi o‗ng va chap simpatik 
ustunlarni hosil qiladi. Ustunlar tarkibidagi tugunlar bir–biriga komissuralar 
yordamida, orqa miya asablari bilan esa oq va kulrang tarmoqlar yordamida 


99 
bog‗lanadi. Oq tarmoq orqali ganglionar–oldi (preganglionar) tola tuguniga kirib, 
effektor neyron bilan tutashishi mumkin. Unda effektor neyronning aksoni 
(ganglionarketi (postganglionar) tola) kulrang tarmoq orqali orqa miyaga qaytadi va 
oldingi ildiz tarkibida uzilmasdan ishchi a‘zoga yetadi. Tugunlarda ganglionaroldi 
tolalar bilan tutashgan neyronlar aksonlarining anchagina qismi kichik tutamlarga 
yig‗ilib, ko‗krak qafasi, qorin bo‗shlig‗i va chanoq a‘zolarini innervasiyalaydi (38-
rasm).
Ganglionar oldi simpatik tolalarning bir qismi, umurtqa oldi tugunlarida 
uzilmasdan, prevertebral tugunlarga yetib boradi va bu yerda, effektor neyronlar bilan 
tutashadi. 
Umurtqadan 
oldingi 
tugunlar 
umurtqadan 
ancha 
narida 
innervasiyalanadigan a‘zoga yaqin joylashgan. Shuning uchun, ularga yetib kelgan

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin