101
juft bosh asablar tarkibida preganglionar tolalar yo‗llaydi. Bu tolalar ko‗zni
harakatlantiruvchi, yuz va til–halqum asablar tarkibida kipriksimon, quloq, til osti va
tanglay tugunlariga yetib keladi va ganglionarketi neyronlarning tana va dendritlarida
sinapslar hosil qiladi. Uzunchoq miyadagi (bulbar) markazdan chiqqan
ganglionaroldi tolalar bo‗yin, ko‗krak va qorin bo‗shliqlaridagi a‘zolarga sayyor asab
tarkibida o‗tadi. Parasimpatik asab tizimining dumg‗aza bo‗limi, orqa miyaning uch
dumg‗aza segmenti yon shoxlarida joylashgan. Bu yerdan, tolalar chanoq asabi
tarkibida chanoq a‘zolariga yo‗l oladi.
Parasimpatik asab tizimi sezgir yo‗llarining bosh kollektori – sayyor asab
hisoblanadi. Mushukning bo‗yin qismidagi tolalarning umumiy soni 30 ming bo‗lsa,
ularning 80–90 % afferent tolalardan iborat. Bundan tahminan 20 % mielinli tolalar
qismiga, qolganlari esa ingichka mielinsiz qismiga to‗g‗ri keladi. Bu tolalarga
aloqador hazm, ko‗krak va qorin bo‗shlig‗i a‘zolaridagi reseptorlar mexanik, harorat
va og‗riq paydo qiluvchi ta‘sirotlarni sezadi, pH va elektrolitlar tarkibi o‗zgarganda
qo‗zg‗aladi. Qon bosimi barqarorligini saqlashda parasimpatik markazlar bilan
bog‗langan aorta ravog‗idagi va karotid koptokchasidagi reseptorlarning ahamiyati
juda katta (3-jadval).
Dostları ilə paylaş: