G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

Metasimpatik tizimning
yuqori darajadagi avtonomligi shundan iboratki, uning 
tarkibida reflektor faoliyatni to‗la ta‘minlaydigan tuzilmalar bor. Bu tizimning o‗zida 
mexanoreseptorlar, xemoreseptorlar, termoreseptorlar va osmoreseptorlar mavjud 
bo‗lib, ulardan, tizim tugunlari, sezuvchi tolalar orqali ichki a‘zo devorlari holati 
to‗g‗risida axborot olib turadi. Bu impulslar orqa va bosh miya markazlarigacha yetib 
borishi mumkin. Metasimpatik neyronlar bir–biri bilan sinapslar yordamida 
bog‗lanib, kovak a‘zolar devorida to‗rlar hosil qiladi. Bu yerda, birinchidan, sensor 
axborot tahlil qilinadi, ikkinchidan, efferent impulslar shakllanib, efferent neyronlar 
orqali a‘zo harakatlariga o‗zgarish kiritib turiladi. 
Simpatik asab tizimi deyarli hamma a‘zo va tizimlarda joylashgan. Parasimpatik 
tizim nazorat qiladigan doira ancha tor, ya‘ni ba‘zi a‘zo va to‗qimalarda umuman 
yo‗q, 
metasimpatik tizim
ta‘siri juda chegaralangan va u, faqat o‗z-o‗zidan harakat 
qilish qobiliyati bo‗lgan ichki a‘zolarga tarqaladi. Ichki a‘zolarda metasimpatik 
mahalliy boshqaruv tizim mavjudligining fiziologik mohiyati shundaki, u MATni bu 
faoliyatlarni boshqarishdagi ishtirokidan ko‗p jihatdan halos qiladi, boshqarish esa 
ishonchli bo‗ladi.
Ko‗pchilik simpatik va parasimpatik efferent tolalar, hamda metasimpatik asab 
tizimining efferent hujayralari uzluksiz qo‗zg‗alish holatida bo‗ladi. Bu holat, 
tonus
deb nom olgan. Tonus – organizmdagi gomeostazning ko‗rinishlaridan biri va bir 
vaqtning o‗zida uni stabillashtiruvchi mexanizmlardan biri ham. 
Simpatik asab tizimi umumiy qon tomirlar tonusini yaratishda muhim rol 
o‗ynaydi. Yurakni innervasiyalaydigan parasimpatik tolalar ham uzluksiz qo‗zg‗alish 
holatida bo‗ladi va ular orqali uzatiladigan axborot, yurak qisqarishlari chastotasini 
kamaytirishga qaratilgan. Sayyor asablar tonusining roli, yurakda ancha ko‗p 


111 
zahiralarni hosil qilishdan iborat bo‗lsa kerak va ular, yurak faoliyati kuchaygan vaqt 
bilan birga o‗tadigan holatlarda ishlatiladi. Aynan shu tonusning pasayishi, a‘zo 
faoliyatini qayta o‗zgarishi uchun asos hisoblanadi. Shu tufayli bo‗lsa kerak, 
vagotomiya samaralari, mushaklar faoliyatini tez o‗zgartira olish qobiliyatiga ega 
hayvonlarda (quyonlar, maymunlar) yaqqol namoyon bo‗ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin