G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


-rasm. Asab markazining toliqishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

5-rasm. Asab markazining toliqishi.
Asab markazlari toliqish xususiyatiga ega. Ularning toliqishi afferent asablar
uzoq vaqt davomida ta‘sirlanganda reflektor javobini asta-sekin susayishi, keyinroq 
esa butunlay to‗xtab qolishi bilan ifodalanadi. Masalan, bironta afferent asab tola 
uzoq vaqt ta‘sirlanganidan keyin mushak kuchsiz qisqarishi yoki qisqarmay qolishi 
bilan, shu mushakni nervlantiruvchi efferent (motor) asab ta‘sirlansa, mushak yana 
qisqara boshlaydi. Demak, toliqish refleks yoyining faqat markaziy bo‗limida sodir 
bo‗ladi. Markaziy sinapslarda qo‗zg‗alishning uzatilishini buzilishi, mediatorlar va 
energetik manbalarini kamayishi toliqishning asosiy sabablari deb hisoblanadi. 
Resiprok va qaytar tormozlanish. 
Evolyusiya jarayonida qo‗zg‗alish bilan 
bir vaqtda uni hosil bo‗lishini chegaralovchi va to‗xtatuvchi jarayon, ya‘ni
tormozlanish shakllangan. Tormozlanish asab tizimining aktiv jarayoni bo‗lib, 
buning natijasida qo‗zg‗alish zaiflashadi yoki uzoq muddatga butunlay to‗xtaydi. 
Tormozlanish harakatlar uyg‗unlashishida (koordinasiyasida) ichki azolar faoliyatini 
boshqarilishida va OAF uchun muhim ahamiyatga ega. Kelib chiqishiga ko‗ra 
resiprok (antagonistik) va qaytar, presinaptik va postsinaptik tormozlanishlar 
farqlanadi. 


17 
I.M.Sechenov 1862 yili MAT da tormozlanish hodisasini kashf etdi. Markaziy 
neyron, agar qo‗zg‗aluvchan holatda bo‗lsa, unda yangi qo‗zg‗alish hosil qilib 
bo‗lmaydi yoki juda qiyinchilik bilan hosil bo‗ladi. Demak, neyronga qo‗zg‗alish 
kelishi tufayli reflektor yo‗lda tormozlanish paydo bo‗ladi. Agar oraliq miyaning 
ko‗rish bo‗rtiqlariga osh tuzining kristali qo‗yilsa, baqaning orqa miya refleks vaqti 
uzayadi, ya‘ni refleks tormozlanganligidan dalolat beradi. Bu asosida I.M.Sechenov 
oraliq miyaning talamus qismida orqa miya reflekslariga tormozlovchi ta‘sir etuvchi 
asab markazlar mavjud, degan xulosaga keldi. Faqat so‗nggi yillarda, MAT ning bu 
bo‗limlarida retikulyar formasiya yadrolari joylashganligi va ularning orqa miya 
reflektor faoliyatiga tormozlovchi, miya po‗stlog‗iga esa aktivlashtiruvchi ta‘sir
etishi aniqlandi. 
Qo‗zg‗alish va tormozlanishning o‗zaro ta‘siri asab tizimining umumiy 
xususiyatlaridan biridir. Asab markazi neyronlarida qo‗zg‗alish va tormozlanishning 
o‗zaro ta‘siri natijasida odatdagi, tabiiy reflektor harakatlar bajariladi. Agar, orqa 
miyali baqani orqa oyoqlaridan biri ta‘sirlansa, u bukiladi va qarama-qarshi
oyoqning bukiluvchi mushak va ta‘sirlangan oyoqning yoyiluvchi mushak asab 
markazlari tormozlanadi. Bunday tormozlanish resiprok yoki antagonistik 
tormozlanish deb ataladi. Bu tormozlanishning mexanizmi Dj.Ekklos va uning 
xodimlari tomonidan aniqlanishicha, quyidagidan iborat: orqa miya gangliysining
psevdounipolyar hujayrasi aksonlari orqa miyada tormoqlanadi. Ulardan biri 
bukiluvchi mushaklarni nervlantiruvchi motoneyronlarda, ikkinchisi esa yoyiluvchi 
mushakni nervlantiruvchi motoneyronda tormozlovchi sinaps hosil qilgan
neyronlarni qo‗zg‗atadi. Demak, afferent asabni ta‘sirlanishi bir vaqtning o‗zida 
mushakni bukuvchi asab markazini qo‗zg‗atadi, mushakni yoyivchi asab markazini 
esa tormozlaydi. 
Orqa miyadan chiqayotgan motoneyron aksonining yon kollaterali (yon 
tarmog‗i) Renshou hujayrasiga tutashadi. U esa tormozlovchi sinapslar yordamida 
motoneyronga bog‗lanadi. Motoneyronning faollashuvi Renshou hujayralarida ham 
qo‗zg‗alish paydo qiladi. Bu qo‗zg‗alish Renshou aksoni orqali yana 


18 
motoneyronlarga qaytadi. Ular ta‘siridan postsinaptik membranada hosil bo‗lgan 
giperpolyarizasiya, ya‘ni tormozlanish, 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin