20
MAT ning asosiy vazifasi organizm faoliyatini integrasiyalashdan iborat
ekanligini Ch. Sherrington (1906) ko‗rsatgan. Integrasiya reflektor yo‗l bilan amalga
oshadi. MAT va uning neyronlari tomonidan qo‗zg‗alish impulslarni qabul qilish,
xotira asosida ularni qayta ishlash, jumladan reflektor faoliyatini rejaga solish,
boshqarish va nazoratga yo‗naltirilgan buyruq impulslarni hosil qilish kabi vazifalar
MAT tomonidan umumlashtirilgan integrasiya deb ataladi. Asab tizimining
integrasiyalash (lotincha ―integration‖ - umumlashtirish, tiklash) qobiliyati murakkab
tizim tomonidan amalga oshiriladi. Bu tizim MAT ning ma‘lum qismi emas, uning
bo‗limlarini o‗zaro uyg‗unlikda ishlashidan iborat. Bu esa organizmning tashqi va
ichki muhitda ro‗y beradigan barcha o‗zgarishlar ta‘siriga organizmning reflekslar
orqali moslashishini ta‘minlaydi.
MATning integrasiya xususiyati neyronlarning konvergensiya va
divergensiya qobiliyatiga, postsinaptik membranalarni geterokimyoviy sezgirligi va
neyronlarni ta‘sir izlarini saqlab qolish xususiyatiga bog‗liq. Refleks halqasi deganda
refleksni amalga oshiradigan va reflektor javob harakteri va kuchi haqidagi
ma‘lumotni MATga uzatuvchi barcha tuzilmalarning uyushmasi tushiniladi. Refleks
halqasi refleks yoyidan tashqari effektor a‘zodan, MAT ga javob natijasi haqidagi
ma‘lumotni uzatuvchi teskari yo‗nalishli afferentasiyani ham o‗z ichiga oladi.
Ekstrafuzal (kapsula sirtidagi) va intrafuzal mushak tolalari b- va g-motoneyronlar
bilan nervlantirilgan. g-motoneyronlar orqali ekstrafuzal mushaklar qisqarishi
ta'minlanadi. g-motoneyron orqali qisqargan dukchalarning ikkala uchiga kelib
tushadi. Bu asab orqali dukchalar, b-neyronlar orqali esa ekstrafuzal mushaklar
qisqarishi ta‘minlanadi. g-motoneyron orqali qisqargan dukchalarning reseptorlarida
hosil bo‗lgan impulslar 1- va 2-afferent asablar vositasida markazga uzatiladi.
Natijada yoyiluvchi mushak refleksi kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: