17
I.M.Sechenov 1862 yili MAT da tormozlanish hodisasini kashf etdi. Markaziy
neyron, agar qo‗zg‗aluvchan holatda bo‗lsa, unda yangi qo‗zg‗alish
hosil qilib
bo‗lmaydi yoki juda qiyinchilik bilan hosil bo‗ladi. Demak, neyronga qo‗zg‗alish
kelishi tufayli reflektor yo‗lda tormozlanish paydo bo‗ladi. Agar oraliq miyaning
ko‗rish bo‗rtiqlariga osh tuzining kristali qo‗yilsa, baqaning orqa miya refleks vaqti
uzayadi, ya‘ni refleks tormozlanganligidan dalolat beradi. Bu asosida I.M.Sechenov
oraliq miyaning talamus qismida orqa miya reflekslariga tormozlovchi ta‘sir etuvchi
asab markazlar mavjud, degan xulosaga keldi. Faqat so‗nggi yillarda, MAT ning bu
bo‗limlarida retikulyar formasiya yadrolari joylashganligi va ularning orqa miya
reflektor
faoliyatiga tormozlovchi, miya po‗stlog‗iga esa aktivlashtiruvchi ta‘sir
etishi aniqlandi.
Qo‗zg‗alish va tormozlanishning o‗zaro ta‘siri asab tizimining umumiy
xususiyatlaridan biridir. Asab markazi neyronlarida qo‗zg‗alish va tormozlanishning
o‗zaro ta‘siri natijasida odatdagi, tabiiy reflektor harakatlar bajariladi. Agar, orqa
miyali baqani orqa oyoqlaridan biri ta‘sirlansa,
u bukiladi va qarama-qarshi
oyoqning bukiluvchi mushak va ta‘sirlangan oyoqning yoyiluvchi mushak asab
markazlari tormozlanadi. Bunday tormozlanish resiprok yoki antagonistik
tormozlanish deb ataladi. Bu tormozlanishning mexanizmi Dj.Ekklos
va uning
xodimlari tomonidan aniqlanishicha, quyidagidan iborat: orqa miya gangliysining
psevdounipolyar hujayrasi aksonlari orqa miyada tormoqlanadi.
Ulardan biri
bukiluvchi mushaklarni nervlantiruvchi motoneyronlarda, ikkinchisi esa yoyiluvchi
mushakni nervlantiruvchi motoneyronda tormozlovchi
sinaps hosil qilgan
neyronlarni qo‗zg‗atadi. Demak, afferent asabni ta‘sirlanishi bir vaqtning o‗zida
mushakni bukuvchi asab markazini qo‗zg‗atadi, mushakni yoyivchi asab markazini
esa tormozlaydi.
Orqa miyadan chiqayotgan motoneyron aksonining yon kollaterali (yon
tarmog‗i) Renshou hujayrasiga tutashadi. U esa tormozlovchi sinapslar yordamida
motoneyronga bog‗lanadi. Motoneyronning faollashuvi Renshou hujayralarida ham
qo‗zg‗alish paydo qiladi. Bu qo‗zg‗alish
Renshou aksoni orqali yana
18
motoneyronlarga qaytadi. Ular ta‘siridan postsinaptik membranada hosil bo‗lgan
giperpolyarizasiya, ya‘ni tormozlanish,
Dostları ilə paylaş: