32
11-rasm. Neyronning tuzilishi
1 – дендритлар; 2 - ҳужайра танаси; 3 - ядро; 4 -
аксон дўнгчаси; 5 - аксон; 6 - миелинли қобиқ; 7 - Шванн
қобиғи; 8 - Шванн ҳужайраси ядроси; 9 - Ранвье боғлами;
10 - миелинли қобиқсиз аксон учлари; 11 – пресинаптик
терминаллар; 12 – перикарион.
Neyronlarning kattaligi turlicha: eng yiriklari eng kichiklaridan o‗n
va yuz
martalab katta. Masalan, miyachaning donador hujayralarining ko‗ndalang kattaligi
7,0 mikron, orqa miyaning motor neyronlari - 70,0 mikronga teng.
Neyronlarning MATning ayrim bo‗limlarida juda zich joylashgan. masalan, 1
mm
3
katta yarim shar po‗stlog‗ida 40000 hujayra bor.
1.5. Neyronlarning klassifikasiyasi
Neyronlar
shakli, tuzilishi
va
bajaradigan
vazifasiga
ko‗ra klassifikasiyalanadi.
I. Neyronlar
shakliga
ko‗ra
yulduzsimon, oval, yumaloq, piramidasimon, Bets
(miya) hujayralari
ga bo‗linadi.
II. Neyronlarning
tuzilishi
bo‗yicha klassifikasiyasi quyidagicha:
1. Ko‗pchilik
neyronlar tana, va undan chiqqan bir nechta dendritlar va bitta
aksondan tashkil topgan -
multipolyar neyronlar
.
2. Tana, akson va bitta dendritdan tuzilgan neyronlar
bipolyar
neyronlar
deyiladi.
3
. Unipolyar
neyronlar deb hujayra tanasida joylashgan sinapslar hisobiga
qo‗zg‗alishni qabul qiladigan va uni birgina o‗simta - aksondan uzatadigan
33
neyronlarga aytiladi. Odamda bunday neyronlar faqatgina
orqa miyada uch shoxli
asabning sezuvchan yadrosida uchraydi. Shunday neyronlar ham borki, ular tuzilishi
bo‗yicha unipolyar, lekin vazifasiga ko‗ra bipolyar hujayralarga kiradi.
Ularning
tanasidan bitta o‗simta chiqadi (akson), lekin uning proksimal qismi T-simon ikkita
tolaga shoxlanadi: afferent va efferent. Bunday neyronlar
psevdounipolyar deyiladi
;
ular orqa miya gangliylarida (orqa ildizcha gangliylarida) va bosh miya asablarining
sezuvchan gangliylarida joylashgan. Ushbu hujayralarning noyobligi shundaki,
impulslar mielinli afferent o‗simtalardan mielin bilan qoplanmagan oddiy
dendritlarga qaraganda ancha tezroq o‗tadi (12-rasm).
Dostları ilə paylaş: