G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

 
 
 
12-rasm. Neyronlarning asosiy tiplari 
III. Neyronlar 
qo‘zg‘atuvchan 
va
tormozlovchi
xillarga bo‗linadi. 
Nomidan ko‗ringanidek, qo‗zg‗alish 
jarayonlariga ixtisoslashgan neyronlar qo‗zg‗atuvchan, tormozlashga ixtisoslashgani
tormozlovchi deyiladi.
IV. 
Bajaradigan vazifasiga
ko‗ra neyronlar quyidagicha tasniflanadi (13-
rasm): 
1. 
Afferent
(sezuvchan, markazga intilgan, sensor) - impulslarni (axborotni) 
reseptordan MATga uzatadi. Ushbu neyronlarning tanasi MATdan tashqarida, ya‘ni 
orqa miya yoki bosh miya gangliylarida (bosh va orqa miya yonida) joylashgan. 
Afferent neyron psevdounipolyar shaklga ega, ya‘ni uning ikkala o‗simtasi 
hujayraning bitta qutbidan chiqadi. O‗simtalardan biri reseptor (aksonga o‗xshash 
dendrit) bilan tugaydigan periferiyaga, ikkinchisi esa MAT (haqiqiy akson)ga 


34 
yo‗naladi. Afferent neyronlarga aksoni bosh va orqa miyaning yuqoriga ko‗taruvchi 
yo‗lini tashkil qiladigan asab hujayralari ham kiradi.
2. 
Efferent
(effektor, harakatlantiruvchi va vegetativ) neyronlar markazdan 
qochirma rejimida ishlaydi, ya‘ni ular pasayib boruvchi impulslarni asab tizimining 
yuqorida joylashgan qavatlaridan pastda joylashgan qavatlarga uzatadi. Masalan, 
po‗stloqdan orqa miyaga, yoki orqa miyadan ishchi organlarga uzatadi. Efferent 
neyronlar uchun dendritlarning tarmoqlanganligi va bitta uzun akson borligi 
xarakterlidir. Efferent neyronlar son jihatdan afferent neyronlardan 4-5 marta kam 
bo‗ladi. 
3. 
Oraliq neyronlar 
(interneyronlar, assosiativ) odatda maydaroq bo‗ladi, turli 
neyronlarni o‗zaro bog‗laydi. Akson ko‗p shoxlanganligi uchun oraliq neyronlar bir 
vaqtni o‗zida boshqa bir qancha neyronlarni qo‗zg‗atishi mumkin. MATda asosan 
oraliq neyronlar bo‗ladi. 
Modulyator neyronlar 
alohida o‗rin egallaydi, ular o‗z 
holicha birorta reaksiyani ishga tushirmaydi, lekin asab markazining faolligini 
o‗zgartirishi mumkin, bu bilan ularning reaktivligini modullashtiradi. 


35 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin