G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

1. Oligodendrositlar 
bosh va orqa miyaning oq moddasi, periferik asablarda
topilgan. 
Periferik asab tizimidagi shunga o‗xshash hujayralar 
shvann hujayralari
(hujayra-yo‗ldosh, hujayra-satellitlar) deyiladi.
Oligodendrositlar asab hujayrasi va tolalarini o‗rab olgan o‗simtalarni hosil 
qiladi. Oligodendrositlar ularni o‗zining tashqi membranasida burma qilib yig‗adi. 
Bunda oligodendrositlar o‗simtalarining membranalari go‗yoki har bir aksonning 
tegishli fragmentini o‗rab oladi. Natijada ushbu hujayralar o‗zining sitoplazmatik 
membranasi bilan bir necha qavat qilib yopadi, ularning o‗rtasida esa Ranve bo‗g‗ini 
deb ataladigan oraliq joy qoladi. Oligodendrit o‗zining o‗simtalari bilan akson 
atrofini o‗rab olganidan keyin maxsus hujayrani shakllantiradi. Bu hujayraning 
tarkibida mielin bo‗ladi. Hosil bo‗lgan ko‗p qatlamli membranali kompleks 
mielin 


37 
qobig‘i
deyiladi. Shunday qilib mielin, asab to‗qimasining uchastkalariga oq rang 
beradigan membrana oqsillari va lipidlardan tuzilgan (bosh va orqa miyaning oq 
moddasi).
Periferik asab tizimida shvann gliya hujayralari mielinlashtiradi. Shvann 
hujayralari MATning oligodendrositlaridan farqli o‗laroq, o‗simta hosil qilmaydi; 
ulardan har biri go‗yoki aksonning bir uchastkasini o‗rab oladi, va boshqa shvann 
hujayralari bilan birga uning mielin qobig‗ini hosil qiladi. Qo‗shni shvann 
hujayralari o‗rtasida aksonlarning uncha katta bo‗lmagan ochiq uchastkasi qoladi 
(
Ranve bo‘g‘ini
), ular orqali asab impulslari tarqaladi.
O‗zlarining burmalarida (invaginasiyalarida) neyronlarning tanasi va mielinsiz 
asab tolalarini saqlagan oligodendrositlar va Shvann hujayralari (S tip) bir vaqtning 
o‗zida bir nechta neyronlar va ularning o‗simtalari uchun izolirlovchi «futlyarlar» ni 
hosil qilishi mumkin.
2. Astrositlar
(lot. «
astra
» - yulduz) yulduzsimon shaklga ega. Ularning 
ayrimlarida ingichka sitoplazmatik o‗simtalar (
fibrillyar astrositlar
), boshqa qismida 
esa - zich o‗simtalar (
protoplazmatik astrositlar
) mavjud. 
Astrositlar asosan bosh va orqa miyaning kulrang va oq moddasida joylashgan. 
O‗simtalar tomir devorlari va neyronlar o‗rtasidagi bo‗shliqni 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin