G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

14-rasm. Gliya hujayralari. 
to‗ldiradi. Bular moddalarni qon tomirlari kapillyarlaridan asab hujayralariga 


38 
tashilishini ta'minlaydigan yordamchi va izolirlovchi hujayralardir.
Astrositlar neyronlarni tomirlardan keladigan ozuqa moddalari bilan 
ta‘minlaydi (trofik vazifa) va bir vaqtning o‗zida qondan zararli moddalarni kelishiga 
to‗sqinlik qiladigan gematoensefalitik barerni (GEB) shakllanishida qatnashadi 
(himoya vazifasi).
3. Ependim hujayralar 
miya qorinchalari va orqa miyaning markaziy kanali 
devorlarini uzluksiz qoplaydi. Ushbu hujayralar kubik bir qatlamli epiteliy 
hujayralariga o‗xshaydi, ularning uzun sitoplazmatik o‗simtalari tegishli asab 
to‗qimasiga chuqur kiradi. Ependim hujayralarning apikal yuzasida ko‗plab 
mikropinositoz pufakchalar va hujayralarning mikrotukchalari joylashgan. Ependim 
hujayralar orqa miya suyuqligini hosil bo‗lishida qatnashib transport va sekretor 
vazifasini bajaradi.
4. Mikrogliya 
(glial makrofaglar) ko‗plab o‗simtalari bor bo‗lgan mayda 
hujayralardir. Mikrogliya hujayralari MATda fagositar vazifani bajaradi, nobud 
bo‗lgan asab va gliya hujayralari, viruslar va bakteriyalarni yo‗q qiladi. Miya 
moddasi va uni yuvib turadigan orqa miya suyuqligi moddasi o‗rtasida barer rolini 
bajaradi; sekresiya va orqa miya suyuqligining tarkibini boshqaradi.
Neyron va neyrogliya hujayralari embriogenez jarayonida asab trubkalaridan 
rivojlanadi. Ularda kulrang modda oq rang modda bilan galma-gal joylashgan. Orqa 
miyada kulrang modda markaziy o‗rinni egallaydi va kapalak shaklida bo‗ladi. 
Miyacha va bosh miyaning yarim sharidagi kulrang modda yadro (turli shakldagi, 
bir-biridan oq modda uzoqlashtirgan gliya hujayralari nisbatan kam sonli bo‗lganida 
neyronlarning to‗plangan uchastkalari), hamda miyacha va katta yarim sharlarning 
po‗stlog‗ini hosil qiladi. Bosh miya po‗stlog‗ining kulrang moddasi 6 qatlamli asab 
hujayralaridan tuzilgan, miyacha po‗stlog‗ida esa bunday qatlamlar uchta.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin