1.8. Asab tizimining reflektor faoliyati Asab faoliyatining asosiy shakli reflekslar hisoblanadi. Refleks – asab
faoliyatining funksional birligi hisoblanadi. Fiziologik tushunchada
refleks –
organizmni ichki yoki tashqi muhit ta‘sirlariga javob reaksiyasi bo‗lib, markaziy
asab tizimi ishtirokida amalga oshiriladi. Refleksning biologik mohiyatlari
quyidagilardan iborat: reflekslar yordamida organizmning turli qimslari o‗rtasida
hamkorlik, uning a‘zolarini kelishilgan holda ishlashi amalga oshiriladi, ya‘ni
muhitning o‗zgaruvchan sharoitlariga doimo moslashadigan tarzda organizmni bir
butun, uyg‗un faoliyat ko‗rsatishiga imkoniyat yaratiladi.
Refleks haqidagi ta’limotning tarixi. Eramizning II asrida asab tizimini
o‗rgangan rimlik shifokor Galen odamning harakat aktlarini bajarilishida ongning
ishtirokini talab qiluvchi ―ixtiyoriy‖ va ongning ishtirokisiz amalga oshiriluvchi
―ixtiyorsiz‖ shakllariga ajratgan. Buyuk fransuz mutafakkiri R.Dekart (XVI–XVII
asrlar) ilk bor, ixtiyorsiz amalga oshiriladigan harakatlarni reflektorli tamoyili
to‗g‗risidagi tahminni aytgan. Masalan, barmoqqa igna tiqilganda qo‗lni tortib
olinishini u quyidagicha tushuntirgan: ta‘sir, sezuvchan asab uchlaridan miyaga
o‗tkaziladi va undan mushaklarni boshqaruvchi asablarga uzatiladi. U, miya
faoliyatiga, sababli qonuniyatlarga bo‗ysinuvchi mexanizm faoliyati sifatida qaragan
va shu bilan birga, insonda ruhiy faoliyatga mas‘ul bo‗lgan nomoddiy ruh
mavjudligini tan olgan. Dekartning dualizmi aynan shundan iboratdir.
Dekartning, ta‘sirotchiga nisbatan organizm javob reaksiyasining tabiati
to‗g‗risidagi tasavvuri XVII asrda chexiyalik olim I.Proxaska tomonidan
rivojlantirilgan. U, fiziologiyaga ―refleks‖ atamasini kiritgan. Keyinchalik, XIX asrda
asab faoliyatining reflektorli nazariyasi yaratilgan. I.M.Sechenov «Bosh miya
reflekslari to‗g‗risida‖gi (1863) asarida ong hodisalari fiziologik qonunlarga
42
bo‗ysinishi va ruhiy hodisalar asosida reflektorli jarayonlar yotishini aniq asoslagan.
Keyinchalik,
I.P.Pavlov
shartli
reflekslarni
hosil
bo‗lishi misolida
hayvonlarning xulq-atvori reflektorli mexanizmlarga bog‗liq ekanligini ko‗rsatib
bergan.