G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Reflektorli reaksiyaning rivojlanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

Reflektorli reaksiyaning rivojlanishi.
Filogenezda, reflekslardan oldingi 
ko‗rinishlar, asab tizimi diffuziya tarmog‗i sifatida shakllangan davrdayoq namoyon 
bo‗lgan. Paypaslagichlarining ta‘sirlanishiga javoban gidra 
shaqllovchi 
hujayralarni 
chiqaradi. Asab tizimi tugun ko‗rinishdagi tuzilishga ega bo‗lgan mollyuskalar va 
qurtlarda ta‘sirchiga nisbatan reaksiyalar segmentar amalga oshiriladi. Odam 
homilasining birinchi reflektor reaksiyalari ona qornidagi hayotining 3-oyini ikkinchi 
yarmida ko‗rina boshlaydi. Bunda, hammadan oldin, boshning refleksogen 
sohalarining ta‘sirlanishiga javoban, so‗ngra – qo‗llar va tana, keyinchalik – oyoqlar 
sohalarining ta‘sirlanishiga javoban reflektor harakatlar hosil bo‗ladi. Birinchi 
reflektor reaksiyalar paydo bo‗lgandan so‗ng bir necha kun o‗tgach, ular lokal 
izolyasiyalangan xarakterini yo‗qotadi: terining har qanday chegaralangan uchastkasi 
ta‘sirlanganda qo‗zg‗alish tananing barcha mushaklarini qamrab oladi. Qo‗zg‗alishni 
MAT da bunday keng tarqalishi irradasiya deb nomlangan. Embrional rivojlanishning 
ancha keyingi davrida sekin-asta irradiasiyaning susayishi sodir bo‗ladi. Reaksiyalar 
ancha chegaralangan va ixtisoslashgan bo‗lib qoladi. Tananing biron-bir qismining 
ta‘sirlanishi ushbu ta‘sirlangan qismini ko‗proq harakatlanishiga olib keladi. Lekin, 
ona qornidagi rivojlanish tugagandan so‗ng ham, yangi tug‗ilgan bolada, voyaga 
yetgan odamnikiga nisbatan ko‗proq MAT dagi irradiasiya qo‗zg‗alishi bo‗ladi. 
Buning oqibatida reaksiya ancha umumlashgan va tarqalgan bo‗ladi. Bitta oyoqning 
qo‗zg‗alishiga javoban ikkinchi oyoqning ham yoki, hattoki qo‗llar va boshning ham 
harakatlanishi kuzatiladi. 
Chegaralangan va lokal harakat reaksiyalarining rivojlanishi hamda 
irradiasiyaning kamayishi ontogenez jarayonida MAT dagi asab yo‗llarining 
mielinlashuvi bilan birga sodir bo‗ladi. Mielinlashuv – asab tizimining anatomik 
rivojlanishini yakunlovchi bosqichi bo‗lib, odamda ona qornidagi hayotining IV va 


43 
tug‗ilgandan so‗ng 2 yoshida tugallanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin