G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

 
 
 
 
13-rasm. Afferent (a) va 
oraliq (b) neyronlar, c – 
oraliq neyronning elektron 
surati 
4. Sekretor neyronlar 
qonga ajralib chiqadigan va turli a‘zo va tizimlarni 
(gipotalamus va gipofiz neyronlari) gumoral boshqaradigan turli gormonlarni ishlab 
chiqaradi. 
Vazifasiga ko‗ra maxsuslashgan neyronlar zanjiridan reflektor yoyi tuziladi: 
oddiy (ikki neyronli, monosinaptik) va juda murakkab (polisinaptik). Neyronlarni 
sinapslar, ko‗pincha kimyoviy sinapslar bog‗laydi. Axborotni sinaps orqali 
uzatadigan neyron 
presinaptik; 
axborotni qabul qiladigan neyron
postsinaptik
 
deyiladi. 
1.6. Gliya hujayralari: turlari va vazifalari 
Asab tizimidagi neyronlar tayanch va yordamchi hujayralar bilan o‗ralgan 
bo‗lib, ular 
gliya 
(yunon. «
glia
» - yelim) hujayralari deb ataladi. Gliya 
hujayralarining soni neyronlar sonidan 5-10 marta ortiq bo‗ladi.
Neyrogliya hujayralari miya to‗qimasidagi barcha tomir kapillyar tarmog‗ini 
zich o‗rab oladi. Tomirlarning juda oz qismigina (15% atrofida) ochiq qoladi. Gliya 
hujayralarining o‗simtalari bir tomondan neyronda, ikkinchi tomondan qon 


36 
tomirlarida joylashishi mumkin. Bu ularning ozuqa moddalar va kislorodni qondan 
asab hujayrasiga uzatishda muhim rol o‗ynashini ko‗rsatadi.
Neyrogliya hujayralari ba‘zida neyronning sezgir va nozik tuzilmalarini turli 
fizik ta‘sirotlardan himoya qiladigan gidrodinamik yostiq vazifasini ham bajaradi, 
deb hisoblashadi. Oxirgi vaqtlarda ushbu hujayralarning miyaning shartli reflektor 
faoliyatida va xotira mexanizmida qatnashishi to‗g‗risida ma‘lumotlar ham paydo 
bo‗ldi.
Shunday qilib, «neyron – neyrogliya» tizimi doimo o‗zgarib turadigan 
muvozanatda bo‗ladi. Biroq, miyada kechadigan ushbu jarayonlarda, so‗zsiz 
neyronlar ustunlik qiladi, va ular o‗zining ustunligidan foydalanib neyrogliyadan 
o‗ziga kerakli hamma narsani tortib oladi.
Gliya hujayralari (gliositlar, gliya hujayralari) bir necha tipga bo‗linadi. 
Hujayralarning uchta tipi - 
oligodendrositlar

astrositlar 
va 
ependim hujayralar 
– 
neyrogliya hujayralariga
kiradi, ya‘ni ular bilan neyronning kelib chiqishida 
umumiylik bor, biroq ulardan farqli o‗laroq, ular regenerasiyalanadi. 
Mikrogliya 
hujayralari qon oqish yo‗lidanmiya to‗qimasiga migrasiyalangan makrofaglar 
hisoblanadi (14-rasm).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin