31
neyronlar boshqalardan farqli ravishda, bo‗linmaydi. Shuning uchun istalgan
neyronning genetik shartlangan kimyoviy elementlari neyronning butun umri
davomida uning funksiyalarini saqlashi va o‗zgarishini ta'minlashi kerak.
Yadrochalar hujayrani ribonuklein kislotalari va oqsillar bilan ta‘minlashda
qatnashadi.
Neyron somasidan ko‗plab shoxlangan qisqa o‗simtalar –
dendritlar
(bitta
hujayrada 1000 dendritgacha) va uchki qismi shoxlangan bitta ancha qalin va uzun
(1,5 m gacha) –
akson
chiqadi. Dendritlar neyronning kirish yo‗li bo‗lib xizmat
qiladi, bu yerdan signallar asab hujayrasiga o‗tadi. Neyronning chiqish joyi asab
impulslarini keyingi hujayra yoki ishchi a‘zoga (mushak yoki bezga) uzatadigan
akson hisoblanadi. Neyronning somasi va dendritlarning mielin qobig‗i bo‗lmaganligi
sababli, ular kulrangda bo‗ladi, mielin qobig‗i bilan qoplangan aksonlarning bir
to‗dasi esa miyaning oq moddasini tashkil qiladi. Mielin qobig‗i somadan birmuncha
masofadan boshlanadi, aksonning ―ochiq qolgan‖ uchastkasi esa
akson tepaligi
deyiladi. Aynan shu yerda aksondan keyingi asab yoki muskul hujayrasiga
uzatiladigan elektrik impuls hosil bo‗ladi. Bundan tashqari mielin qobig‗i yaxlit
emas, ma‘lum bir oraliqlarda bo‗linadi. Bunday bo‗lingan joylar
Ranv’e bog‘ini
deyiladi. Faqat shu yerda asab tolasi hujayra tashqarisidagi suyuqlik bilan tutashadi.
Shuning uchun sut emizuvchilarning asab tizimida tarqalayotgan asab impulsining
to‗lqini bir tekis emas, balki bitta bo‗g‗indan ikkinchisiga sakrab-sakrab (saltator)
o‗tadi, bu esa impuls tarqalishini tezlashtiradi (11-rasm).
Dostları ilə paylaş: