G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


-rasm. Halqasimon chuvalchanglarning markaziy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

 
7-rasm. Halqasimon chuvalchanglarning markaziy 
asab tizimi 
A – zina ko‗rinishidagi eng sodda asab tizimi. 
B – birmuncha markazlashgan asab tizimi (iplar
qorindagi zanjirni hosil qiladi). 
1 – bosh tugunlari. 
2 – halqumoldidagi iplar. 
3 – ko‗ndalang duklar. 
5 – qorindagi asab zanjiri tugunlar (4) bilan birga. 
Umurtqasizlarning asab tizimi mukammal darajaga bo‗g‗imoyoqlilarda 
rivojlangan. Ularda asab tizimi murakkab maqsadga qaratilgan, genetik 
dasturlashtirilgan xulq-atvor xarakteriga ega bo‗lgan reflektor faoliyatning 
integrasiyalanishuvini ta'minlaydi. Bu qator umurtqasizlarda asab tizimining uzoq 
vaqt davomida sefalizasiyalanishining natijasi hisoblanadi. Bu natija tananing bosh 
bo‗limidagi asab markazlarining kattalashishida namoyon bo‗ladi. Kattalashishning 
sababi esa asab markazida asosiy sensor a‘zolar to‗planadi.
Sefalizasiyaning eng muhim natijasi ayrim chuvalchanglar va artropodlarning 
bosh miyasida zamburug‗ shaklidagi tanalarning hosil bo‗lishidir. Ular yuksak 
umurtqalilarga quyi markazlarning reflektor reaksiyalarini boshqarish imkonini 
beradigan va aniq bir faoliyatni tashkillanishini ta'minlaydigan va xotiraning asosida 
yotadigan axborotni saqlash kabi assosiativ funksiyalarni bajaradi. Bo‗g‗imoyoqlilar 
miyasining bunday murakkab tuzilganligi xulq-atvorning turli shakllarini nazorat
qilish imkonini beradi, va u yo‗qolsa uning o‗rnini to‗ldirib bo‗lmaydi. Agar yassi 


25 
chuvalchanglarda asab tizimining istalgan qismi olib tashlansa, hayvon o‗lmaydi, 
lekin bo‗g‗imoyoqlilarda birorta gangliy yo‗qotilsa ham u nobud bo‗ladi.
Umurtqasizlar orasida mollyuskalar alohida o‗rin egallaydi. Ularning asab tizimi 
juda xilma-xil. Eng sodda va kam harakatchan shakllarining asab tizimi yassi 
chuvalchanglarnikiga o‗xshash. Qorinoyoqlilarda qizilo‗ngach
atrofida to‗plangan va 
bir-biri bilan komissurlar bilan birikadigan 4 juft bosh tugunlari mavjuddir. Bundan 
tashqari tananing o‗qi bo‗ylab joylashgan gangliylar ham bor.
Aksariyat qismi yirtqich hisoblangan va harakatchan hayot tarzini kechiradigan 
boshoyoqlilarning asab tizimi ancha murakkabroq tuzilgan. Masalan, osminogning 
qizilo‗ngachi atrofida joylashgan bosh gangliylari bosh miyani hosil qilib qo‗shiladi. 
Bu bosh miyada turli a‘zolarning vazifalarini nazorat qiladigan ixtisoslashgan 
bo‗limlar bor (8-rasm). Mollyuskalarning ushbu guruhida eng
,

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin