G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Asab tizimining sefalizasiyasi va markazlashuvi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

Asab tizimining sefalizasiyasi va markazlashuvi.
Atrof-muhit omillarining 
ta‘siri reseptorli, analizatorli va motorikani muvofiqlashtiruvchi tizimlarning 
murakkablashuviga ta‘sir ko‗rsatgan, bu esa, o‗z navbatida, bosh qismlarida 
organizmning butun faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyalarini to‗planishida 
namoyon bo‗ladi. 
Markazlashuv 
- evolyusiya jarayonida asab hujayralarini maxsus funksiyalarga 
ega bo‗lgan kompakt markaziy hosilalarga birlashishidir. Masalan, kipriksimon 
qurtlarda asab hujayralari asab tugunlariga birlashgan. 
Sefalizasiya
- tanasi bakterial-simmetrik tuzilgan hayvonlarda evolyusion 
rivojlanishning va MAT bosh qismining boshqaruv rolini kuchayishi. Sefalizasiya 
jarayonida MAT tuzilishi murakkablashadi, pastroqda joylashgan strukturalarni 
yuqori joylashganlariga nisbatan funksional ierarxiyasi rivojlanadi. Sefalizasiyaning 
yuqori shakli - asab tizimining barcha strukturalari bosh miya po‗stlog‗i faoliyatining 
nazorati ostiga olinganda yuksak umurtqalilarda funksiyalarning kortikalizasiyasi 
hisoblanadi. 
Asab tizimining sefalizasiyasiga sensor tizimlarning va harakat tizimlarning 
rivojlanishi ko‗maklashadi. Sensor tizimlar qanchalik murakkab bo‗lsa, sefalizasiya 
darajasi shunchalik yuqori bo‗ladi. Harakat tizimining rivojlanishi ham xuddi 
shunday, uning yuqori differensiasiyalanganligi, harakat shakllarining turli-tumanligi 
asab tizimining sefalizasiyasini yorqin namoyon bo‗lishi bilan o‗zaro bog‗liqdir. 
Umurtqalilarning asab tizimi.
Umurtqali hayvonlar (tugarak og‗izlilar, 
baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sut emizuvchilar) ning asab tizimi 
umumiy anatomik tuzilishga ega va ularning asab tizimi, ayniqsa sut emizuvchilarda, 
eng yuqori darajada rivojlangan. Markaziy asab tizimi bosh va orqa miyadan tashkil 


28 
topgan. Bosh miya 5 ta bo‗limdan iborat: oldingi, oraliq, o‗rta, keyingi (miyacha 
varoliy ko‗prigi bilan birga) va uzunchoq miya. Har bir bo‗lim filogenetik jihatdan 
aniq bir sezgi a‘zolari bilan bog‗liq, bular xemoreseptorlar, fotoreseptorlar, eshitish 
va taktil. Ushbu reseptorlar miyadan biroz uzoqlikda joylashgan va ular bilan sensor 
(sezuvchan), motor va aralash asablar yordamida bog‗lanadi.
Barcha umurtqalilarda asab tizimi ektodermadan rivojlanadi va gastrula 
bosqichida ajrala boshlaydi. Dastlab homilaning orqa tomonida asab plastinkasi 
ko‗rinishida chekkalari biroz ko‗tarilgan qalinlik paydo bo‗ladi, va u asab 
tarnovchasiga aylanadi (9-rasm). Tarnovchaning uchlari tutashadi va ichida bo‗shliq 
– nevrosel bo‗lgan asab trubkasi hosil bo‗ladi. So‗ngra oldingi uchda 3 ta

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin