10
aktlarni bajarilishi uchun mas‘uliyatlidir. Masalan, tizza refleksi, nafas olish, qusish,
yo‗talish kabi asab markazlari. Fiziologik jihatdan asab markazi deganda murakkab
reflektor, ya‘ni turli xil periferik a‘zolar faoliyatini amalga oshirish uchun MATning
turli qism yoki bo‗limlaridagi neyronlar to‗plamini vazifalari jihatidan bir-biri bilan
bog‗lanishi va birlashishi, uyg‗unlashishi tushuniladi (1-rasm).
1-rasm. Neyronlar tolasidan impulslarni
oqib o‘tishi
Masalan, ovqatlanish asab markazi. Ma‘lumki, ovqatlanishda asab markazini
deyarli MATning hamma bo‗limlarida joylashgan ko‗p a‘zolar (bezlar, mushaklar,
qon tomirlar) ishtirok etadi. Asab markaziy sinapslar orqali bog‗langan millionlab
neyronlar yig‗indisini tashkil qiladi. Undagi neyronlar nihoyatda murakkab va qat‘iy
genetik dasturlashgan bog‗lar yordamida aloqada bo‗ladi.
Ammo individlarning
hayot faoliyatida shartli reflekslar hosil bo‗lishi, o‗rgatish jarayonida ayniqsa,
postnatal rivojlanishning dastlabki davrida neyronlararo yangidan-yangi dinamik
bog‗lanishlar va aloqalar shakllanadi (2-rasm).
2-rasm. Neyronlararo
bog‘lanishlar.
Shakllangan shartli reflekslar yoki boshqariladigan
vazifalar qanchalik
murakkab bo‗lsa, asab markazining tuzilishi va bu markazdagi neyronlarning o‗zaro
fiziologik ta‘sirlari ham shunchalik murakkab bo‗ladi. Ba‘zi neyronlar bir nechta
vazifani va reflektor aktlarni boshqarishda ishtirok etadi. Asab markazlari, reseptor
maydonlar bilan bog‗lanishidan
tashqari, o‗zaro bog‗langan bo‗ladi. Ontogenezda
shakllangan va nisbatan mustahkam bo‗lmagan, harakatchan bog‗lanishlar asab
markazi ishini o‗zgartirishi mumkin. Bu esa MATdagi bir markazni ikkinchi
markazga ta‘sir etishida katta rol o‗ynaydi. Bir nechta asab markazlari bitta vazifani
11
bajarishi ham mumkin. Bunday boshqarishda ular bir-birini to‗ldiradi. Asab markazi
MAT ning qanchalik yuqori bo‗limida joylashgan bo‗lsa,
u shunchalik yuksak
mukammallikka ega bo‗ladi, ya`ni tashqi muhitdagi o‗zgarishlarga organizmning
moslashuvini ta‘minlaydigan aktlar juda ham aniq va zarur darajada o‗zgaradi.
Organizm bilan tashqi muhit o‗rtasidagi nozik va aniq muvozanat ana shunday
ta‘minlanadi (3
-
rasm).
Dostları ilə paylaş: