Katta ijtimoiy guruh psixologiyasi



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#158311
  1   2   3

Mavzu: Kichik guruhlarning tavsifnomasi va turlari

Reja:

        • Ijtimoiy psixologiyada kichik guruh muammosi.
        • Kichik guruh klassifikatsiyasi. Kichik guruhlarning o'lchami.
        • Kichik guruhning tuzilishi va dinamik xarakteristikasi.

Ijtimoiy psixologiyada kichik guruh muammosi.

Guruh tushunchasi-umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqat hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasi.

Guruh tashkil topishi u/n albatta

  • umumiy maqsad,
  • tilaklar,
  • umumiy shartlar bo’lishi shart.

Kichik guruhlar muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan ob’ektlardandir

Demak asosiy savol???


individ yakka holda yaxshi ishlaydimi
yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi,
boshqa odamlarning yonida bo‘lishi uning faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi.

Bunday sharoitlarda individlarning o‘zaro hamkorligi emas, balki ularning bir vaqtda bir yerda birga bo‘lganligi faktining ta’siri o‘rganilganda. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo‘lgan individ faoliyatining tezligi oshadi. Lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi.

Tadqiqot mualliflari

  • amerikalik N. Triplett,
  • nemis olimi A. Mayer,
  • rus olimi V.M. Bexterev,
  • yana bir nemis olimi V. Myode

Ijtimoiy fassilitatsiya - individning faoliyat mahsullariga uning yonida bo‘lgan boshqa individlarning bevosita ta’siri bo‘lib bu ta’sir avvalo sensor kuchayishlar hamda ish-harakatlarning, fikrlashlarning tezligida namoyon bo‘lishidir.
Ijtimoiy ingibitsiya - boshqalar ta’sirida individ reaksiyalaridagi tormozlanish faoliyatining susayishi holatlari

Kichik guruhlarga xos qonuniyatlar

  • Kichik guruhlarning hajmi, uni tashkil etuvchi shaxslar soni odatda “diada” (2kishi)dan tortib maksimal 30-40 kishi(maktab sharoitida)gacha bo’lishi mumkin.
  • Guruhning o‘lchami qanchalik katta bo‘lsa, uning alohida shaxslar u/n qadrsizlanib borish xavfi kuchayadi( ya’ni, shaxsning ko‘pchilikdan iborat guruhdan o‘zini tortish va uning normalarini buzishga moyilliga ortib boradi.
  • Guruhning hajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo o‘zaro munosabatlar taranglashib boradi. (Chunki, shaxslarning bir-birlari oldida mas’uliyatlarining oshishi va yaqindan bilishlari ularning o‘rtasidagi aloqalarda doimo aniqlik bo‘lishini talab qiladi. Munosabatlardagi har qanday disbalanslar, ya’ni nomutanosibliklar ochiq holdagi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi)
  • Agar guruh a’zolarining soni toq bo‘lsa, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar juft bo‘lgan holdagidan ancha yaxshi bo‘ladi. (boshqaruv psixologiyasida odamlarni biror nimaga saylashda va umuman rasmiy tanlovlarda guruhdagi odamlar soni toq qilib olinadi)
  • Shaxsning guruh taz’yiqiga berilishi va bo‘ysunishi ham guruh a’zolarining soniga bog‘liq. Guruh soni 4-5 kishi bo‘lgunga qadar, uning ta’siri kuchayib boradi, lekin undan ortib ketgach, ta’sirchanlik kamayib boradi.

(ko‘chada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisaning guvohlari soni ortib borgan sari, jabrlanganga yordam berishga intilish, masuliyat hissi pasayib boradi)

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin