4
SO‘Z BOSHI
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi
umumiy kursini
o‗qitishda, birinchi navbatda, tabiiy sharoitlarda hayvonot dunyosi rivojlanishining
turli darajalariga xos bo‗lgan asab tizimining umumiy
funksional qonuniyatlariga
hamda alohida fiziologik funksiyalarga va ular nimalar bilan bog‗liqligiga,
organizmning barcha tizimlarini umumiy faoliyatida ularning tutgan o‗rni qanday
ekanligini tushunish bilan birga,
ushbu alohida funksiyani, har xil turdagi
hayvonlarda, ularning yashash tarzi va muhiti, hamda boshqa omillarga bog‗liq
ravishda shakllanishi qay tarzda amalga oshishiga ham e'tibor berish kerak.
Yuqoridagilarni
hisobga olgan holda, biz, oliy asab faoliyati va markaziy asab
tizimi fiziologiyasi umumiy kursi bo‗yicha, hozirgi vaqtda o‗quv dasturga javob
beradigan qo‗llanma yaratishga xarakat qildik. Qo‗llanmani
yaratishda horijiy
tillarda yozilgan darsliklar, qo‗llanmalar, hamda ularda keltirilgan rasm va
chizmalardan foydalandik. Masalan: Л.Г. Воронин ―Физиология высшей нервной
деятельности‖ (М.:
Высшая школа, 1979); А.Б. Коган ―Основы физиологии
высшей нервной деятельности‖ (М.: Высшая школа, 1988); А.С. Батуев
―Высшая нервная деятельность‖ (М.: Высшая школа, 1991); Н.Г. Андреева.
«Эволюционная морфология нервной системы позвоночных» (М.: 1991), А.Д.
Ноздрачев муҳарирлигидаги «Обший курс физиологии человека и животных»
(М.: Высшая школа, 1991), David Sh et al., ―Human anatomy physiologi‖ (Boston,
Massachusetts. Me Graw Hill: 1996); В.Савельев «Сравнительная
анатомия
нервной системы» (М.: 2001); Н.И.Данилова, А.Л. Крылова ―Физиология
высшей нервной деятельности‖ (М.: Высшая школа, 2002); В.М. Покровский ва
Г.Ф. Коротконинг «Физиология человека» (Ростов н/д, 2002), К.Т.Алматов ва
Ш.И.Алламуратов «Одам ва ҳайвонлар физиологияси» (Тошкент. 2004), Z.T.
Rajamurodov, A.I. Rajabov ―Odam va hayvonlar fiziologiyasi‖ (Toshkent, 2010)
kabi darslik va o‗quv qo‗llanmalaridan foydalandik.
Darslikda o‗ziga xos kamchiliklar to‗g‗risidagi fikr-mulohazalar mutaxassislar
va keng o‗quvchilar tomonidan bildirilsa, mualliflar g‗oyat minnatdor bo‗ladilar.