G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


-rasm. MAT da bir markazning ikkinchi markaz bilan bog‘lanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

3-rasm. MAT da bir markazning ikkinchi markaz bilan bog‘lanishi 
sxemasi. 
MAT ko‗plab asab markazlaridan tashkil topgan. Ular kirish va chiqish, ya‘ni 
afferent va efferent qismlarga ega. Asab markazining o‗zida ham impulslarni 
tarqalishini ta'minlaydigan qisqa asab tolalari ko‗p bo‗ladi. Asab markazlari o‗ziga 
xos tuzilishga va faoliyatiga ega. Ular impulslarni qayta ishlashini ta‘minlaydi. 
Asab markazlari quyidagi xususiyatlarga ega:
1) 
qo‘zg‘alishni bir tomonlama o‘tkazilishi
. Asab markazi qo‗zg‗alishni bir 
yo‗nalish bo‗ylab, ya‘ni refleks yoyi yo‗nalishida o‗tkazadi. Asab markazlari 
faoliyatining bu xususiyati neyronlararo sinapslarning xususiyatlariga bog‗liq; 
2) 
qo‘zg‘alishning divergensiyasi va irradiasiyasi
. Afferent asab orqa miyaga 
kirgach, shoxlanib turli neyronlar bilan sinaptik aloqa hosil qiladi. Shu sababli 


12 
birdaniga afferent xabarlar MATning turli bo‗limlariga yetib boradi. Ularning sonini 
aniqlash qiyin. Masalan, motoneyron 3 dan 160 gacha shoxlanishi aniqlangan.
Shuning uchun bir neyron ta‘sirlanishi natijasida hosil bo‗lgan qo‗zg‗alish MATning 
ko‗p neyronlariga tarqaladi. Bu hodisa 
divergensiya
deb ataladi. Divergensiya va juda 
ko‗plab shoxlangan interneyronlar tufayli qo‗zg‗alish bir asab markazidan boshqa 
asab markazlariga tarqaladi. Bu esa irradiasiyadan iborat. Irradiasiya natijasida kuchli 
va biologik muhim qo‗zg‗alishlar MATning ko‗pgina neyronlariga o‗tishi sababli 
boshqa asab markazi motoneyronlari ham qo‗zg‗aladi;
3) 
izchil va fazoviy summasiyalar
. Asab markazlari yakka, kuchsiz ta‘sirotga 
kuchsiz, ammo takroriy kuchsiz va siyrak impulslarga kuchli javob qaytarish 
qobiliyatiga ega. Agar yakka ta‘sirot juda ham kuchsiz bo‗lsa, reflektor javob hosil
bo‗lmaydi. Ammo u ketma-ket, takroran ta‘sir ettirilsa, ketma-ket qisqa intervalli 
impulslar ma‘lum vaqt ichida asab markazida jamlanadi va javob hosil bo‗ladi. Bu 
hodisani ketma-ket yoki izchil 
summasiya 
deb ataladi. Agar kuchsiz ta‘sirot yonma-
yon joylashgan bir xil reseptorlarning katta guruhiga bir vaqtda ta‘sir ettirilsa, 
fazoviy summasiya sodir bo‗ladi. Summasiya zaminida alohida neyronlarda hosil 
bo‗layotgan mahalliy qo‗zg‗alishning asab markazida jamlanishi yotadi. Izchil va 
fazoviy summasiya tufayli asab markazlarida harakat potensialini vujudga kelishini 
qo‗zg‗alish hosil bo‗lishini yengillashishi hodisasi bilan tushuntiriladi;
4) 
okklyuziya.
Bir asab markazining har bir neyroniga o‗zining afferent 
tolalaridan tashqari qo‗shni markazning afferent tolalari ham sinaps hosil qiladi. 
Bunday tuzilish asab markazlarida tiqilib qolish (okklyuziya) yoki, aksincha ularning 
o‗tishini yengillashtirish hodisalarini rivojlanishiga sabab bo‗ladi. Okklyuziya 
hodisasi - ikki asab markazi afferentlarini bir vaqtda ta‘sirlanishidan qo‗zg‗algan 
neyronlarning soni, ularning alohida-alohida ta‘sirlanishidan qo‗zg‗algan
neyronlarning arifmetik yig‗indisidan kam bo‗lishidir. Bu esa kutilgan umumiy 
javobni kamayishiga olib keladi. Masalan, markazning afferent asabi ta‘sirlansa 
birinchi va ikkinchi qatorlardagi neyronlarning hammasida, ikkinchi asab ta‘sirlansa 
uchunchi va ikkinchi qatorlardagi neyronlarda pog‗ona usti qo‗zg‗alishi hosil 


13 
bo‗ladi. Agar bu ikkala afferent asab birdan barobariga ta‘sirlansa, faqat uchunchi 
qatordagi neyronlardagina pog‗ona usti qo‗zg‗alishi hosil bo‗ladi. Demak, afferentlar
alohida-alohida ta‘sirlanganida esa 4 ta neyronda qo‗zg‗alish hosil bo‗ladi. Shu
sababli umumiy javobning qiymati kutilganiga nisbatan kam bo‗ladi. 
Yengillashtirish hodisasi ham bo‗ladi. Bunda aksincha, ikki afferent tola bir vaqt 
ta‘sirlanganda qo‗zg‗algan neyronlarning soni, ularni alohida ta‘sirlanishidagi 
qo‗zg‗algan neyronlar arifmetik yig‗indisining ko‗p bo‗lishligi bilan harakterlanadi;
5) 
qo‘zg‘alishni kechiktirib o‘tkazilishi.
Refleks vaqti reseptorda
qo‗zg‗alishning hosil bo‗lishi uni afferent va efferent asablar hamda ularga bog‗liq 
sinapslar orqali o‗tkazilishi bilan bog‗liq bo‗ladi. Asab markaziga kelgan qo‗zg‗alish 
sinapslar orqali uning neyronlariga sekin o‗tkaziladi. Chunki mediator ajralish va
postsinaptik membrana reseptoriga ta‘sir qilib, uning qutblarini o‗zgarishi 
(depolyarizasiya) uchun muayyan kechiktirib o‗tkaziladi;
6) 
ritmlar transformasiyasi.
Asab markazi hujayralari ularga keladigan 
impulslarning ritmini o‗zgartirish (transformasiyalash) qobilyatiga ega. Asab 
markazidagi neyronlarning ba‘zilarida ta‘sir ritmiga monand, ba‘zilarida kamroq, 
uchinchilarida esa ko‗proq impulslar hosil bo‗ladi. Bu hol neyronlarning va 
sinapslarning labilligiga bog‗liq. Asab markazlarida ta‘sir ritmga solinadi va 
transformasiya qilinadi va impulslar ishchi a‘zolarga o‗tkaziladi;
7) 
ta’sirot izi qo‘zg‘alishning prolongasiyasi.
Reflektor javobning davom etish 
qo‗zg‗atgichning ta‘sir qilish muddatiga mos kelmaydi. Refleksning davom etishi 
qo‗zg‗atgichning ta‘sir qilishi muddatidan ko‗proq bo‗ladi. Javob qo‗zg‗atgich 
ta‘siri tugaganidan so‗ng, ko‗p vaqt o‗tsa ham davom etishi mumkin. Qo‗zg‗atgich 
ta‘siri tugashi bilan javobni tugamasligi sinapslarning qo‗zg‗alishni o‗tkazish 
xususiyati va afferent signallarini bir vaqtda kelmasligi bilan tushuntiriladi. Ta‘sir 
tugagach biroz kuzatiladigan javobi kuzatgich ta‘sir izi javobi deb ataladi. 
Refleksning qo‗zg‗atgich ta‘siri tugagach уzoq vaqt davomida qo‗zg‗atilishni 
saqlanishi javobni cho‗zilish 
prolongasiyasi
deb ataladi. Javobning cho‗zilishini 
uzayishini postsinaptik potensial uzoq vaqt saqlanishi va qo‗zg‗alishini zanjir kabi 


14 
bog‗langan neyronlarning aylanib halqasimon tarqalishi bilan tushintiriladi. Bu 
hodisa informasiyalar izini qayta ishlab mustahkamlash va ayniqsa, xotira uchun 
katta ahamiyatga ega;
8) 
konvergensiya va umumiy oxirgi yo‘l.
Asab markazi neyronlarni bir 
necha ming aksonlar bilan tutashadi. Bitta neyrondan aksonlarning 6 ming tarmog‗i 
(kollaterali) tugaydi. Shuning uchun asab markazlarida turli neyronlardan keladigan
qo‗zg‗alishning yig‗ilishi kuzatiladi. Bu hodisa konvergensiya deb ataladi. Asab
markazi MATning turli bo‗limlaridan periferik reseptorlardan va qo‗zg‗atuvchi yoki 
tormozlovchi sinapslardan tegishli impulslarni qabul qilib oladi. Masalan, orqa 
miyaning motor neyroni afferent asabdan, orqa miyaning boshqa tizimlaridan, yarim
sharlar po‗stlog‗idan, miyaning boshqa segmentlaridan, yarim sharlar po‗stlog‗idan, 
miya yadrolaridan, retikulyar formasiyadan impulslarni qabul qilib oladi. 
Konvergensiya sababli har xil neyronlardan kelayotgan impulslar summasiya
qilinadi va shu sababli tegishli javob paydo bo‗ladi. Masalan, oyoq mushagini 
nervlantiruvchi motoneyrondan piramidaga o‗tkazuvchi asab yo‗lining tolalari, 
ekstrapiramida asab yo‗llari, miyacha, retikulyar formasiya va boshqa tuzilmalardan 
kelgan asab impulslari yig‗iladi, konvergensiya qilinadi. Ular impulslarni turli 
reflektor harakatlarini ta'minlovchi ishchi a‘zoga (masalan, mushakka) uzatadi. 
Motoneyron MAT ning turli bo‗limlaridan keladigan impulslarni effektorga 
o‗tkazadigan umumiy oxirgi yo‗l hisoblanadi. Agar turli refleks hosil qiladigan 
ta‘sir bitta motoneyronga yo‗naltirilsa va umumiy oxirgi yo‗l bitta bo‗lsa, bu yo‗lni 
egallash uchun reflekslar kurashi boshlanadi va bir refleks ikkinchisini tormozlaydi 
(4-rasm). Umumiy oxirgi yo‗lni egallash uchun kurash asosida sodir bo‗ladigan 
reflekslarni antagonistik reflekslar deb ataladi;
9) 
asab markazining tonusi.
Maxsus ta‘sir berilmagan vaqtda MATning 
bioelektrik aktivligi borligini hisobga olish natijasida asab markazining neyronlari 
to‗xtovsiz ravishda impulslar hosil qilish xususiyatiga ega ekanligi


15 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin