G’. M. Sayfullayev


Geografiya darslariga qo`yiladigan didaktik, tarbiyaviy, psixologik va



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə107/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Geografiya darslariga qo`yiladigan didaktik, tarbiyaviy, psixologik va


gigiyenik talablar
Darsda butun ta’lim-tarbiya tizimi: O‘qitishning metodlari, uslublar va vositalar kompleksi amalga oshadi.
Geografiya darslarida o‘quvchilar dasturga muvofiq, o'qituvchi rahbarligida nazariy bilimlar, amaliy o‘quv va ko'nikmalar oladilar. O‘qituvchi materialni o‘quvchilarga tushunarli bayon qilib, xilma-xil o‘quv, korgazmali qurollardan foydalanib, zarur tushuntirishlar beradi, o'quvchilarga darslik bilan mustaqil ishlash, o‘z bilimlaridan amalda foydalanish O‘quvlarini singdiradi.
Darslarning maqsadi va mazmuni har xil, ammo ularning barchasida umumiy maqsad o'quvchilarning kompleks tarbiyasi va ularga tushunarli bo‘lgan bilimlami bayon qilish, birlashtirish yotadi. O'qituvchi o'quvchilar ishini shunday tashkil qilish kerakki, ular shu darsda o'rganiladiganlarni ilgari o'tilganlar bilan bog'lanishini tushunsinlar, materialni puxta, tushunib o‘zlashtirsinlar.
Dars o'tishda o'qituvchi o'quvchilarning faol ishlashlari uchun sharoit yaratishga, ularda qiziqish uyg‘otishga intilishi kerak. Bu faqat darsga tayyorlanishda qiziqarli, mamlakatimiz hayoti bilan bog'liq, o'quvchilarga yaqin bo'lgan materialdan foydalanilganda bo'lishi mumkin.
Darsga tayyorlana turib, faqat yangi mavzu mazmuninigina emas, balki o'quvchilarning yoshi, rivojlanishi va tayyorgarligini ilgari o'rganilganlarni o'zlashtirish darajasi, olingan bilimlarnini puxtaligi ham hisobga olinishi lozim.
Darsda har xil metodlaming qo'llanilishi yangi mavzuni to‘liq va ravshan yoritishga imkon beradi, o‘quvchilarni kamroq charchatadi, faolligini oshiradi.
Dars ta’lim jarayonida o‘quvchilar jism va voqealar bilan tanishibgina qolmasdan, balki ular haqida fikrlaydilar. Bu esa o‘z navbatida, o'quvchilarda tabiatning rivojlanish qonuniyatlai haqidagi bilimlarni shakllanishiga olib keladi.
Darsning tarbiyaviy mazmun kasb etishi, berilayotgan material mazmuni bilangina chegaralanib qolmasdan, balki o‘quv materiallarini egallash usullari bilan xarakterlanadi.
Geografiya o`qitish metodikasida o‘quv ishlarining ko’p xildagi shakllari qaror topgan. O‘simlik, hayvon va odam hayot hamda tabiat taraqqiyotining qonuniyatlari
o'rganiladigan maktab kursining mazmuni maktabda shu fanni o'qitish tizimining o‘zigi xosligini belgilaydi.
Geografiya o‘qitishning asosiy shakli — darslarga qo'shimcha holda maktab amaliyotida o'qituvchining o'quvchilar bilan olib boriladigan o‘quv ishlarining boshqa shakllari tarixan vujudga kelgan.
Metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan o'qitish jarayonida shu o'qitishning barcha shakllari asosiy shakli - dars bilan o‘zaro bog‘liqdir. Ular tabiat haqidagi tushunchalarni, dunyoqarashni tafakkurni, amaliy ko'nikmalarni rivojlantiradi.
Geografiya darslarida o‘qituvchi barcha o'qitish metodlarini og'zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarni qo'llaydi. U o‘simlik va hayvonlarni namoyish etadi. Amaliy ishlarni bajarish yo‘li bilai o‘quvchilarni ayrim organizmlarning tashqi va ichki tuzilishi bilan tanishtiradi.
Ammo darslarda uzoq kuzatishni talab qiluvchi o‘simlik yoki hayvonning rivojlanish jarayoni, har xil organizmlarning tabiiy sharoitlarda birgalikda yashashlarini ko‘rsatib bo'lmaydi. Shuning uchun ham geografiya o'qitish metodikasida darslarni toldiruvchi maxsus shakllar qo'llaniladi. Ekskursiyalar tabiatdagi tabiiy guruhlashda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yoki muzeylarda, o‘simlik va hayvonlar bilan tanishtiradi. O‘rganilayotgan materiallar, tushunchalar yig'indisiga kiradi yoki ilgari qaror topgan tushunchalarni mustahkamlaydi, aniqlaydi, chuqurlashtiradi, umumlashtiradi.
Ekskursiyalar darslar bilan chambarchas bog‘lanadi, ekskursiyada ko'rilgan obyektlar kurs davomida ko‘p marta esga olinadi, to'plangan narsalar esa namoyish qilinadi. Yakunlovchi ekskursiyalarda o‘quvchilar ilgari olgan bilimlarini qo‘llab, topshiriqlar bo'yicha mustaqil kuzatishlar o'tkazadilar va material yig'adilar.
Darslarning uy vazifalari xususan experimental xarakterdagi topshiriqlar bilan bog'liqligi aniq va ravshandir. O‘quvchilar uyda uncha murakkab bo‘lmagan tajribalar, kuzatishlar o‘tkazadilar. (Masalan, uyda daftarlariga sinfda ajratilgan gul qismlarini yoki hasharot bo‘laklarini yelimlaydilar, jadval to'ldiradilar, rasmini chizadilar).
Darsdan tashqari ishlar uy ishlariga qaraganda murakkabroqdir. Ularni amalga
oshirish uchun tegishli o'simliklar, maxsus asboblar va boshqa jihozlar talab qilinadi. Darsdan tashqari ishlarga: tirik tabiat burchagidagi, o‘quv tajriba maydonchalaridagi va tabiatda bajariladigan ishlarga oid topshiriqlar kiradi.
Geografiya xonalarida va tirik tabiat burchagida o‘tkaziladigan ishlar uchun o‘quvchilarga topshiriqlar darslarda kursning barcha mavzulari uchun o'quv yili davomida berib boriladi. Geografiya fanining o‘qitilishida o'quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning majburiy bo'lmagan turli shakllari: individual, sinfdan tashqari, ijtimoiy foydali ishlar, yosh tabiatshunoslar to'garagining ishi, ommaviy kechalar va boshqa tadbirlar keng qo'llaniladi. Sinfdan tashqari ish o'quv materiali asosida va unga bog'liq holda uyushtiriladi. Biroq uning mazmuni darsni takrorlamaydi. Dastur doirasi bilan cheklanmaydi, ammo uni to'ldiradi va tabiat to‘g‘risidagi fanning kerakli tomonlarini ochib beradi.
Darsning psixologik tugallanganligi dars davomida o‘quvchilarning egallagan bilimlaridan, ko'nikmalaridan bilinadi. Bu darsning uslubiy tugallanishiga qo‘yilgan didaktik masalani muvaffaqiyat bilan yechishga imkon beradi va darsning mazmun maqsadiga mos kelganligini ko'rsatadi.
Tashkiliy aniqlikning zarurligi materialni bo’laklarga bo‘lish o‘qitish usullarini tanlash va darsning turli elementlarining o'zaro munosabatlari bilan belgilanadi.
Didaktik maqsad darsdagi asosiy ish turini aniqlaydi (yangi materialni o‘zlashtirish, uni qaytarishdan iborat). Didaktik maqsadga qarab darsga vaqt ajratiladi. O'qitish uslublari va darsning to‘liq tuzilishi belgilanadi.
Maqsad va mazmuni jihatidan har xil bo‘lgan darslar turlicha sxemada tuzilishi mumkin. Odatda dars quyidagicha sxemadt tuziladi:

  1. Tashkiliy qism (salomlashish, yo‘qlami belgilash, ishga tayyorlanish).




  1. Uy vazifasining bajarilishini tekshirish (o‘quv qurollari tajribalardan foydalanib, o'quvchilarga ma’lum bo’lganlarni so‘rash).

  2. Yangi materialni o’rganish: yangi mavzu bo'yicha kirish suhbati; amaliy ish; o‘qituvchining hikoyasi yoki o‘quvchilarga ma’lum bo‘lgan faktlarga tayanuvchi yoki yangi narsalarni qarab chiqish bilan, darsda o‘rganilishi kutilgan hodisalar bilan

bog’liq bo‘lgan suhbat, narsa va hodisalarni o‘rganish asosida xulosalar chiqarish; dars davomida daftarlarga yozish va chizish darsda olingan bilimlarni mustahkamlash bo'yicha darslik bilan ishlash; o‘qitishning texnika vositalaridan foydalanish.

  1. Darsda o‘rganilgan materialni tekshirish va mustahkamlash (Bunda yangi material bilan ilgari o‘tilganlar o'rtasida bog'lanish o‘rnatiladi, yangi mavzuni tushunib olish uchun zarur bo'lgan bilimlar aniqlanadi).

  2. Qiziqarli materiallar (maqol, matal, topishmoq, tabiat to‘g‘risidagi asarlardan olingan parchalar) dan foydalanish.

  3. Uyga vazifa berish.

Geografiya darslariga qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagi vazifalardan kelib chiqadi:



  1. O‘quvchilarni tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar, vatanini; tabiatining xilma- xilligi, yerning shakli va relyefi, odam organizmi va uning salomatligini muhofaza qilish to'g'risidagi bilimlar bilan qurollantirish;

  2. Botanika, geografiya, yuqori sinflarda Odam anatomiyasi bo‘yicha o‘quv materialini o‘zlashtirib olishga tayyorlashga yordam beruvchi puxta o‘quv va ko‘nikmalarni shakllantirish;

  3. O‘qitishning tarbiyaviy samaradorligini oshirish;




  1. Rivojlanishning har tomonlama garmonik bo‘lishiga erishish;




  1. Geografiya xarakteridagi kitob va jumallardan bilim olish uquvlarini hosil qilish;

  2. Geografiyani o‘rganishga qiziqishni shakllantirish;




  1. Mehnatsevarlikni, maktabda va o‘quv-tajriba maydonchasida mehnat qilish xohishini tarbiyalash.

Talablarning bu guruhlarini shartli ravishda quyidagi:

  1. ta’lim-tarbiyaviy;




  1. didaktik;




  1. psixologik;




  1. gigiyenik

talablarga birlashtirish mumkin. Ularning har biri ustida to'xtalib o'tamiz.




    1. Yüklə 0,61 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin