ta’lim-tarbiyaviy talablar. Ma’lumki geografiya darslari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib, о‘quvchilarning g‘oyaviy-siyosiy, mehnat, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyasi birligini ta’minlaydi.
Ayniqsa, geografiya darslari ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun boy material beradi. Shunga ko’ra o‘qituvchi har bir geografiya darsiga tayyorlanishda dasturga va metodik qurollarga tayanib, shu darsda o‘quvchilarda qaysi asosiy bilimlar, o‘quv hamda ko'nikmalar shakllantirilishini, qanday tarbiyaviy g'oyalar ular ongiga yetkazilishini, dars ularning idrokiy qiziqishlarini rivojlantirishga qanday yordam ko'rsatishini sinchiklab o'ylab olishi kerak.
Shuningdek, geografiya darslari yosh avlodda barcha tarbiya xususiyatlarini rivojlantiradi. Estetik tarbiya berish uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Tabiat insonni ruhan boyitadi, uning bilan muloqotda bo’lish kishilarda yuqori ma’naviy sifatlaming shakllanishiga yordam beradi. Bolalami tabiat go‘zalligini ko‘ra olish va qadrlashga o'rgatish zarur. Shunga ko’ra tabiat obyektlarini o'rganishda o'quvchilar e’tiborini tabiatdagi uyg‘unlikka, uning shakllarining nafisligiga, estetik rohat beruvchi go'zallikni ta’kidlamoq va shu asosda estetik tasavvur va tushunchalar bermoq lozim.
В)didaktiktalablar. Geografiya darslarini o'tkazishning aniqligi vaqtdan oqilona foydalanish, dars mavzusi, maqsadi va vazifalarini to‘g‘ri qo‘yish bilan ta’minlanadi.
Dars vazifalarini belgilagach, o'qituvchi uning muvofiqroq tuzilishini tanlashga kirishadi, ya’ni so‘rash, tushuntirish, mustahkamlash, yangi va ilgari o'zlashtirilganlarni nazorat qilish, bilimlar umumlashtirish va ketma-ketligini qanday izchillikda o‘tkazish kerakligini, so'rashning qaysi turidan — yakka
(individual) so'rasl yoki frontal (umumiy) so‘rashdan foydalanishni o‘ylab chiqadi. Yangi materialni o'rganish vaqtini to’g’ri belgilash katta ahamiyatga ega. Yaxshi dars shu bilan farq qiladiki, unda yang materialni o‘rganish o‘qituvchi va o‘quvchilaming diqqat markazida turadi. U kengaytirilgan so‘rash yoki takrorlash bilan ho‘sil qolinmaydi. Yangi material mazmunida o'quvchilar e’tibori markazlashtirilishi zarur bo’lgan lahzalar alohida ajralib turadi. Yangi materialni o‘rgana turib, o‘qituvchi ilgari o'rganilgan mavzulariga albatta tayanadi, boshqa mavzulardan eng muhimlarini ajratadi. Bunga «Cho‘llar» mavzusi misol bo'lib
xizmat qilishi mumkin.
Bu mavzuni o‘rgana turib, o‘quvchilar o'qituvchi rahbarligida cho‘l iqlimining belgilarini: atmosfera yog'inlari miqdorining juda ozligini, yozning issiqligini, havo va tuproqning sutkalik hamda yillik o‘zgarishining juda kattaligini sanab chiqadilar. Xarita va suratlar bilan ishlash o'quvchilarga cho‘l yuzasininj xilma-xilligi, daryolar va ko'llarning kamligi, tuprog‘ining asosan qumli va loyli ekanligi, o'simliklarning siyrakligi, ko‘pinchi o’tsimon ekanligi haqida xulosalar chiqarishga
imkon beradi.
Eng muhim ma’lumotlarni ajratish bilimlarni yaxshiroq o‘zlashtirib olishga yordam beradi va uy vazifasini bajarish vaqtida o‘quvchilarga og‘ir bo‘lmasligini chorasini ko‘radi. O‘qituvchi ishining o‘quvchilar vaqtini mo‘ljallanganga qaraganda ko‘p olmasligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilmog‘i lozim.
Geografiya darslarini o‘tishda o‘rganishni rag‘batlantiruvch metodlarga alohida e’tibor ajratmoq kerak, buning uchun qiziqarli masala va mashqlar, idrokiy o‘yinlar, ko‘rgazmali qurollardai foydalaniladi. Biroq har bir dars ham qiziqarli bo’lavermaydi. Oldinda turgan qiyinchiliklarni hisobga olib, o‘quvchilarda iroda va astoydillikni hosil qilmoq kerak.
Zamonaviy geografiya darsi o'qitishning tashkiliy shakllarini anglab tanlanganligi, ya’ni umumsinf, guruh va individual mashg'ulotlarning oqilona uyg'unlashtirilganligi bilan xarakterlanadi.
Agar dars oldindan o‘ylangan va uning rejasi tuzilgan bo‘lsa, geografiya darsiga bo‘lgan ta’riflashgan talablarni amalga oshirish oson bo‘ladi. O‘qituvchi reja tuza
turib, birinchidan, darsning asosiy maqsadini, uning tuzilishini, mazmunini (o‘quv materialini, metod va uslublarini, darsning har bir qismi uchun jihozlarni), ikkinchidan, tashkil qilinishi shakllarini (sinf bilan umumiy ish, o'quvchilaming guruhlarga bo'linib ishlashlari, har bir o‘quvchining yakka ishlashini) belgilaydi. Rejalashtirishning maqsadga muvofiqligi darsni qismlarga to‘g‘ri ajratish bilan ta’minlanadi. Rejalashtirish dars tipini belgilovchi va didaktik maqsad bilan taqozo qilinadigan tuzilishga bog'liqdir.
Geografiya darsining samaradorligi o'qitish metodlari to‘g‘ri tanlanganda va ular ko'rsatuv vositalari bilan uyg'unlashtirilganda sezilarli darajada ortadi. Darsni muvaffaqiyatli o‘tish uchun o'qituvchi rejadan tashqari uning mazmunini ifodalovchi konspekt tuzishi kerak, unda darsda beriladigan savollar ro'yxati keltirilgan bo'ladi, qiziqarli - idrokiy materialdan foydalanib, hosil qilinadigan aniq vaziyatlar ko‘rsatiladi. Konspektda darsda foydalaniladigan qo‘shimcha manbalar (she’rlar, maqollar, topishmoqlar, yozuvchilaming asarlaridan parchalar) ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.