Muzyorar usuli. Bu usulni birinchi dars yoki yangi bo'limni boshlash oldidan o'tkazish maqsadga muvofiq. O'qituvchi navbatdagi o'tiladigan bo'lim yuzasidan qisqacha ma'lumot beradi.
Masalan, «O'lkamizda kuz» bo'limida o'quvchi yil f'asllari, paxta tyerimi, ijtimoiy foydali mehnat, kuzgi o'simliklar, hasharotlar hayoti haqida umumiy tushunchalar berib o'tadi. Bu haqda o'quvchilar ham o'z fikrlarini bayon etadilar. Masalan:
Mening ismim Shuhrat. Menga kuz fasli yoqadi. Chunki kuzda barcha kuzgi mevalar pishadi, «Hosil bayrami»ni nishonlaymiz, ota-onamga qovun-tarvuz yig'ishda yordam byeraman. Men katta bo'lganimda juda chiroyli bog' yarataman. Bog'imda shirin-shakar mevali daraxtlar ko'p bo'ladi.
Mening ismim Komila. Men kuz faslini yaxshi ko'raman. Chunki daraxt barglari juda chiroyli rangda tovlanadi. Dalalarda oppoq paxtalar ochiladi. Paxtadan chiroyli yostiqchalar tikish mumkin. Men kelajakda tikuvchi bo'lmoqchiman.
Har bir o'quvchi shu tarzda o'zi hamda tabiatga daxldorlik haqida so'zlaydi. Bu usul o'quvchilarni mustaqil fikr yuritishga, og'zaki nutqini o'stirishga yordam beradi.
«So'ztop»o'yini. Bu metoddan darsning hamma qismlarida foydalanish mumkin. O'qituvchi qushlar, hayvonlar, meva, sabzavotlar haqida bir so'z aytadi, o'quvchilar davom ettiradilar. O'qituvchi boshlagan so'z qaysi harf bilan tugasa, o'quvchi shu harfdan boshlangan so'zni aytishi kerak.
Masalan: tulki — ilon — ninachi — it — tiprati-kan — nortuya — yalqov (panda) — ayiq — qarg'a — ari va hokazo.
Bu usul o'quvchilarni tezkorlik bilan fikr yuritib, javob berishga hamda xotirasini mustahkamlashga yordam beradi.
«Klastyer»usuli. Bu usul o'quvchiga berilgan mavzu bo'yicha erkin o'ylash va fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratadi. Bu usulda o'quvchi nimani o'ylagan bo'lsa, shuni aytadi va yozadi. Yozilgan fikrlar to'g'ri yoki noto'g'ri bo'lishidan qat'i nazar muhokama qilinmaydi va belgilangan vaqtgacha davom etadi. Bu sinfning har bir o'quvchisi tomonidan ilgari surilayotgan g'oyalarni uyg'unlashtirib, ular o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash imkoniyatini yaratadi.«Klastyer» usuli yangi mavzuni boshlashdan avval o'quvchini darsga qiziqtirib, shu mavzu bo'yicha oldin egallagan bilimlarini aniqlash maqsadida hamda o'tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o'tkaziladi. Masalan, «O'lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar» mavzusi.
«Mozaika», ya'ni mayda bo'laklardan yaxlit ko'rinishni hosil qilish. Bunda qushlar, hayvonlar, daraxtlar, mevalarning rasmlari bo'laklarga bo'linib, har bir guruhga alohida tarqatiladi. Guruhlarning qatnashchilari bo'lakchalarni bir butun ko'rinishga keltiradilar. Guruh sardorlari yaxlit holga kelgan hayvon, meva yoki daraxt haqida gapirib beradilar.