G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə113/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Proyeksion apparatlar. Proyeksion apparatlarga shishadagi diapozitivlarni namoyish qiladigan proyeksion chiroq, tiniq diapozitivlarni namoyish qiladigan kodoskop va filmoskoplar kiradi. Sanoatimizda maktab proyeksion apparatlar
maxsus qo'llanma bilan birga tayyorlangan. Darsda diapozitivlarni namoyish qilishdan oldin o'qituvchi qo‘llanma mazmuni bilan tanishgan va mavjud apparatlar bilan ishlash uslublarini amaliy ravishda egallagan bo'lishi kerak.
Geografiya dasrlarida kodoskop, ketma-ketlik usulida bajarilgan, tiniq pardada chizilgan maxsus transporantlar, shuningdek, yasama qurollar (rangli sxemalar), rasmlar, kesmalar, yon ko’rinishlar va boshqa o‘quv qurollari qo'llaniladi.
Transporant shu bilan qulayki, u har xil jarayonlar (masalan, ko’lni o‘t bosishi, manbalar, ya’ni buloqlar hosil bo'lishi, tabiatda suvni doira bo'ylab aylanishi va boshqalar) ni dinamika (harakat) da ko'rsatish imkonini beradi. Kodoskop bevosita apparat stolchasida odatdagi flomaster, sharikli ruchka yoki qalam bilan tiniq pardada chizilgan har qanday rasm, sxema yon ko‘rinishni ekranda ko'rsatishga imkon beradi.
Ekran vositalari (diafilmlar, diapozitivlar, slaydlar) mustaqil rolni bajarishi mumkin. Ekran vositalari devoriy suratlar kabi zaruriyatga qarab namoyish qilinadi. Bir darsning o‘zida 5-6 kadrdan foydalanish tavsiya qilinadi. Ayrim hollarda 1O gacha kadrdan maqsadga yo‘nalgan holda foydalansa bo‘ladi. Ular hujjatli, ko'rinishli yoki multiplikatsiyalashgan bo‘lishi mumkin. Ekran vositalarining kadrlarini e’tibor bilan ko‘rish lozim, lekin uzoq vaqt emas, chunki bunda plyonka va oyna qizib ketadi, oqibatda shakli o‘zgarishi yoki yorilib ketishi mumkin. Bundan tashqari, yorug‘lik suratni kuchli ta’sirlovchi sifatida ko‘zni charchatadi, shuning uchun ham tezda o'quvchilarning me’dasiga tegadi. Murakkab kadrlardan foydalanishning eng ko‘p vaqti 2 minut. Agar darsning maqsadi o‘tilganlarni takrorlash bo'lsa, unda yorug'lik suratlari (kadrlar) ning soni 2O-25 tagacha ko'paytirilishi mumkin. Ko'rsatilgan suratlarni o'quvchilaming o'zlari tushuntirishlari kerak. Faqat o'quvchi ko'rganlarini noto‘g’ri tushuntirayotganda, mavzudan chetlaganda, muhimlarini ko'rmagandagina o’qituvchining aralashuviga yo‘l qo‘yiladi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin