«Enyerjaynyer» o'yini.Bu o'yindan «Ob-havo», «Qish», «Yil fasllari» kabi mavzular o'tilganda foydalanish mumkin. O'quvchilar doira shaklida turib oladilar. O'qituvchi o'rtada qo'l harakati orqali tabiat hodisalarini avval sekin, so'ng tezlashgan holatda ko'rsatadi. O'quvchilar soat mili bo'ylab ushbu harakatlarni so'zsiz davom ettiradilar.
Shamol (qo'llar bir-biriga sekin ishqalanadi, so'ng bu harakat tezlashadi).
Do'l (tizzalarga shapatilab uriladi). Harakat asta-sekin teskarisiga qaytariladi.
«O'z guruhingni top» o'yini.O'quvchilarga rangli buklangan qog'ozlar tarqatiladi. Ularga hayvon va parrandalar nomi yozilgan bo'ladi. O'qituvchi o'quvchilarga qog'ozda rasmi berilgan hayvon yoki parranda qanday tovush chiqarsa, ular ham shunday tovush chiqarib o'z guruhini topishlarini tushuntiradi.
Mushuk (miyov-miyov).
Kuchuk (vov-vov).
Xo'roz (qu-qu-qu-qu).
Sigir (mo'-mo').
Guruhga bo'linib olganlaridan so'ng guruhga tegishli hayvon yoki parrandalar haqida bilganlarini so'zlab beradilar.