Lentonlar - yengil zarrachali elektronlar, pozitronlar, neytrin va boshqalar.
Magnitog‘ishi - magnit meridiani bilan geografik meridian orasidagi burchak.
Magnitqutblari - yeming magnit maydoniga nisbatan belgilangan (o‘zgaruvchan) qutblar.
Magnitenkayishi - erkin osilgan magnit strelkasi, gorizontal holatga nisbatan hosil qilingan burchak.
Mexanika - moddiy jismlarning mexanik harakati haqidagi fan.
Mendelqonunlari - irsiy omillarning nasldan-naslga o‘tishi to‘g‘risidagi qonuniyatlar.
Matematikfizika - fizik hodisalaming matematik modellari nazariyasi. Matematik fizikada, asosan, nazariy fizikada qurilgan modellar matematik modellar bilan o‘rganiladi.
Metagalaktika - yulduz sistema (galaktika) lari majmui. Galaktikamiz yoki Somon yo‘li sistemasi Mategalaktikaning yulduz sistemalaridan biridir.
Ma’lumot (ya’ni fakt) - voqelikning namoyon bo‘lishi.
Muammo - tadqiqotchi tomonidan anglangan, mavjdu bilimlar javob bera olmaydigan masala.
Mistika - g‘ayritabiiy olamga, ilohlar va ilohiy kuchlarga (insonning ilohiyat olami bilan aloqa qila olishga) ishonishdan iborat diniy e’tiqod, tasavvuf.
Madaniyat -1. lotincha kultura - ishlamoq, tarbiyalamoq, ma’lumot bermoq;
2. lotincha kultura - tarbiya, ma’lumot berish, rivojlantirmoq; tabiiy, ilmiy madaniyat; tabiat jarayonlarini ilmiy asosda tushunish.
Materiyato‘Iqini - Lui de Broyl tomonidan kashf etilgan moddiy zarrachaning to‘lqin xususiyati.
Nurash - suv, shamol, bakteriyalar faoliyati natijasida jinslaming yemirilishi.
Naturfilosofiya - tabiat falsafasi, tabiatni falsafiy prinsiplar asosida, bir butun tizim holida sharhlash, tabiatning umumiy manzarasini ko‘rsatib berishga urinish.
Nisbiyliknazariyasi - tabiiy hodisalaming vaqt bilan fazo bog‘lanishlari haqidagi hozirgi davr fizikaviy ta’limoti.