G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


 Jahon mamlakatlarida o’qituvchilar malakasini oshirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

9.3. Jahon mamlakatlarida o’qituvchilar malakasini oshirish
 
Yevropa modeli:
 
Yevropa davlatlarida buni tashkil qilishning aniq 
ko‘rinishini tasvirlash bir necha sabablarga ko‘ra qiyin kechadi:


126 
— ta‘lim darajasidagi farqlar;
— muqarrar va qo‘shimcha ta‘lim; 
—mashg‘ulot turi; 
— davomiylik va predmetlar bo‘yicha.
Malaka oshirish asosan rivojlanishning ikki bosqichida kechadi (Avstriya, 
Belgiya, Finlyandiya, Niderlandiya, Portugaliya, Shotlandiya, Ispaniya, Shvetsiya). 
Dastavval u norasmiy va ko‘ngilli ravishda, shundan so‘ng ikkinchi bosqichda aniq 
tizimli, muqarrar ravishda bo‘ladi. Odatda ta‘lim barcha darajadagi maktablarda bir 
vaqtda olib boriladi (Avstriya, Germaniya, Norvegiya, Portugaliya, Shotlandiya). 
Bungacha dastlabki shu singari amaliyot boshlang‘ich maktablarga yuklatilgan edi 
(Fransiya va Lyuksemburgda), Irlandiyada esa, istisno tariqasida norasmiy 
mashg‘ulot dastavval o‘rta maktablarga kiritilgan.
O‘qituvchilar tayyorlanishi agentligi Angliya va Uelsda malaka oshirishning 
doimiy 
standartlarini 
ishlab 
chiqdi. 
Standartlarning 
asosiy 
maqsadlari 
quyidagilardan iborat:
— o‘qituvchilarga kasbiy faoliyatning har xil ko‘rinishlarida yordam berish: 
takomillashuvning samarali rejasini tuzish va tekshirib borish, o‘z-o‘zini 
takomillashtirishga tayyorgarlik, faoliyat va bu yo‘lda aniq maqsadni qo‘ya olish;
— o‘z-o‘zini takomillashtirishda o‘quvchilarning ma‘lum yutuqlarga erishishi 
uchun maqsadni yo‘naltira bilishni doimiy ta‘minlash va ta‘lim sifati;
— o‘qituvchi mehnatining asosini professional jihatdan anglashni ta‘minlash;
— uzluksiz kasbiy kamolotni rejalashtirish va o‘qituvchilarning bo‘sh 
vaqtlarini samarali o‘tkazish hamda ularning o‘quvchilariga eng yuqori foyda 
keltiruvchi yuksak malakaviy mashqlarni taqdim qilishga ko‘maklashish.
Shotlandiyada o‘qituvchilar malaka oshirishga bo‘lgan o‘z ehtiyojlari bilan 
baholanadilar. Shundan so‘ng ular bu ehtiyojlarni tajribali xodimlar bilan 
muhokama qiladilar. O‘rta maktabda katta o‘qituvchining vazifasiga kadrlar 
tayyorlash masalalari bilan ishlash kiradi. Muhokama milliy ta‘limni boshqarishda, 
maktabda va individual rivojlanishda eng muhim ehtiyojlar doirasida o‘tadi. 
Xodim ehtiyoji, xoh, o‘qituvchilik, xoh, undan tashqari ishda bo‘lsin, maktabni 
rivojlantirish rejasining eng muhim va ajralmas qismi bo‘lib qoladi, Bu 
ehtiyojlarning bir qanchasi mahalliy darajada, boshqasi ta‘limni boshqarish 
darajasida, o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti yoki ekspertlar yordamida 
qondirilishi mumkin.
Gretsiyada o‘qituvchilar joylarda har 5-6 yilda uch oylik o‘qituvchilar 
malakasini oshirish kurslarini o‘tashlari kerak. Bundan maqsad o‘qituvchilarni turli 
tartibdagi ta‘lim sohasining eng so‘nggi yangilik va yutuqlari, o‘quv dasturlari, 
o‘qitish usullari bilan tanishtirib borishdir.
Tadqiqotlar maktab faoliyatining samaradorligi, ta‘lim muassasasining 
rahbarlik qobiliyatiga shubhasiz bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda 
Shotlandiyada ―Direktorlarni menejment bo‘yicha tayyorlash‖ kurslari faoliyat 
yuritmoqda. Ular joylarda mashqlar orqali va turli masalalar yuzasidan materiallar 
e‘lon qilish vositasida ta‘limning yuksak standartlarini yoyishga imkon beradi.


127 
Shotlandiya ofisi Shotlandiya direktorlari standartini tayyorladi. U ushbu 
lavozim sohibiga xos bo‘luvchi chuqur bilimlilikning asosiy o‘lchamlarini belgilab 
beradi.
O‘qituvchilar bilan davomli hamkorlik va o‘zaro maslahatlashuvlar jarayonida 
ishlab chiqilgan standart Shotlandiya rahbarlari malakasi (SHRM) ning asosi 
hisoblanadi. SHRMni egallashga boruvchi o‘qituvchilar malakasini oshirishning 
bu yangi ko‘rinishini yanada mukammallashtirish ustida olimlar ish olib 
borishmoqda.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin