Umumpedagogik tayyorgarlik – Pedagogik kategoriyalar va metodologik asoslar haqidagi
bilimlarni shakllantirish, psixologik - pedagogik sezgirlik,
kuzatuvchanlik, pedagogik va o‘zini tuta olish, boladan
hamda yoshlardan yoshiga ko‘ra rivojlanishidan, asosiy
qonuniyatlari haqidagi bilimlarni, talabalardan individual
o‘ziga hosliklari, pedagogik ishlar bilan qiziquvchanligini
shakllantirishdir.
Uslub – Ma‘lum o‘quv materiallarini o‘tishda qo‘llanilayotgan
asosiy o‘qitish usuli bilan birga ikkinchi bor o‘qitish
usulining ayrim elementlaridan foydalanib ish ko‘rishdir.
Usul (usul) – Falsafiy va ilmiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli:
voqelikni amaliy va nazariy jihatdan o‘zlashtirishga
qaratilgan, ma‘lum tarzda yo‘naltirilgan usul va tajribalar
yig‘indisi. Shaxs - Ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli
faoliyatning subyekti bo‘lmish individdir. Shaxsga taaluqli
bo‘lgan eng muhim tasnif - uning jamiyatdagi murakkab
ijtimoiy
munosabatlarga
bevosita
aloqadorlik, ijtimoiy
faoliyatga nisbatan ham obyekt, ham subyekt bo‘lishlikdir.
Estetik ideal – Bu shaxsning tabiat, jamiyat va san‘atdagi maqsad tarzida
idrok
etadigan,
takomillashgan
go‘zallik
borasidagi
bahosining aks etishidir.
Estetik tarbiya – San‘atdagi, tabiatdagi qurshab olgan hayot voqeligidan
go‘zallik vositalari asosida tarbiyalash, insonni garmonik
tarbiyalash vositasidir.
Estetik tuyg’u – Bu shaxsning buyum yoki hodisaga estetik baho berish
munosabatini boshdan kechirishidir.
O’z-o’zini anglash – Subyekt (shaxs) tomonidan obyektiv, real, hayotiy
haqiqatni aks ettirish, uning subyektiv qiyofasi, obrazini
yaratish va o‘z hatti-harakatlari hamda faoliyatini o‘z-
o‘zidan boshqaruvini o‘zida namoyon etadigan, o‘zini
boshqalar bilan taqqoslash imkonini beruvchi ong shakli