28
Yoshlar o‘z ota - onalarining ijtimoiy tajriba va qadriyatlarini o‘rganishdan bosh
tortadilar. Bu holat ta‘lim va tarbiya sohasida qiyosiy taqqoslovchi xarakterga ega
bo‘lgan izlanishlar sonining sezilarli darajada oshishiga turtki bo‘ldi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, sobiq
SSSR davlati hududidagi
respublikalar ta‘lim tizimi uchun bu davr boshida yuqoridagi holatlar kuzatilmadi.
Ammo ―qayta qurish‖ning boshlanishi bilan sovet ta‘lim tizimi inqirozga uchrab,
Evropaga yaqin bo‘lgan yangi davlatlarda yuqoridagi holatning ba‘zi elementlari
ko‘rina boshladi.
O‘tgan asrning 60-70 yillarida O‘zbekistonda ham ta‘lim
tizimini yangi
bosqichga olib chiqish, fan-texnika sohasida yutuqlarga erishish maqsadida
iste‘dodli
kadrlar tanlab olinib, yetakchi ilm dargohlari hamda ta‘lim
muassasalarida o‘z tajribalarini oshirishlari borasida ham bir qator ijobiy ishlar
amalga oshirildi. Buning natijasida yadro fizikasi,
biotexnologiya, alkoloidlar
kimyosi, paxtachilikni rivojlantirish kabi bir qator sohalarda o‘zbek olimlari
sezilarli
yutuqlarga erishib, tegishli ravishda o‘z ilmiy maktablarinini yaratdilar.
Dostları ilə paylaş: